O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm

O‘zbekistonning Pokistondagi “Ziyorat turizmi” elchisi tayinlandi

20.10.2020TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Ravalpindi shahrida Pokistondagi Naqshbandiya tariqati yetakchisi Pir Muhammad Naqib ur-Rahmonning o‘g‘li - Pir Muhammad Xasib ur-Rahmonga O‘zbekistonning “Ziyorat turizmi” elchisi guvohnomasini topshirdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Samarqand tumanida yangi sayyohlik obyekti ochildi

18.10.2020TurizmManba: O'zA

Ohalik togʻ yon-bagʻrida joylashgan Yangiariq mahallasi hududida tashkil etilgan “Oqboʻyro garden” ekoturizm maskani maroqli dam olish uchun oromgohlar, milliy koʻrinishdagi shiyponlar, suzish havzasi, bolalar oʻyin maydonchasini oʻz ichiga oladi. 

Samarqand Konigil sayyohlik shaharchasi ochildi

16.10.2020TurizmManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan Samarqandga info-tur tashkil etildi.

Davlat granti asosida o'qib, turizm sohasi mutaxassisi bo'lish uchun ajoyib imkoniyat!

16.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Siz O‘zbekistonning tezkor rivojlanayotgan hamda munosib haq to‘lanuvchi sohalaridan birida faoliyat yuritishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, bu maʼlumot aynan siz uchun!  

"Turizm fidoyisi" ko‘krak nishoni o’z egalariga topshirildi

15.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

2020-yil 13-oktabr kuni "Hilton Tashkent City" mehmonxonasida O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan kishilarga "Turizm fidoiysi" ko’krak nishonini  topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Respublika tumanlari hokimlari hamda OAV vakillari uchun Bo‘stonliqqa infotur tashkil etdi

13.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hokimligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘rmon xo‘jaliklari mavjud bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tumanlari hokimliklari hamda ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari uchun Info-tur tashkil etdi.  

Turizm sohasida faoliyat yurituvchi ichki ishlar organlari xodimlarining yangi formasi namunasi sinovdan o'tkazilmoqda

11.10.2020TurizmManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

So'nggi yillarda mamlakatimizda turizm salohiyatini kengaytirish yo'lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizning tarixi bilan tanishib, uning diqqatga sazovor joylarini ko'rish, insonlarimiz bilan suhbat qurib, yangi do'stlar orttirish niyatida uzoq davlatlardan kelgan mehmonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratish muhim vazifalardan hisoblanmoqda. Ichki ishlar organlarida ham bu yo'nalishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Singapur tadbirkorlari bilan videokonferensiya o‘tkazildi

11.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

2020-yil 5-oktabrda O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi ko‘magida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov va Singapur kompaniyalari vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekistonda turizmini targ‘ib etishda ishtirok eting

10.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi muntazam ravishda O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va turizm sohasini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda ichki va xavfsiz turizmni ommalashtirish bo‘yicha turli aksiyalar va tanlovlarni o‘tkazib kelmoqda.  

O‘zbekistonning tarixiy obyektlari restavrasiyasiga Eron mutaxassislari jalb etiladi

09.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Eron Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayerobodiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga doir kelishuvga erishildi. 

Ekstremal va sport turizmini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

08.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida O‘zbekistonda turizmning ekstremal va ommabop turizm turlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni yana-da rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.   

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro mavsumiy kurortini qurish loyihasini jadal amalga oshirish va foydalanishga topshirish bo‘yicha Boshqaruv kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar

08.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 8-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sardor Umurzoqov va Aziz Abduhakimov hamraisligida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Beldirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish bo‘yicha Boshqaruv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Turizm sohasi kambag‘allikni qisqartirishga ko‘mak beradi: O‘zbekistonda ayollar bandligi va gender tenglik masalalari

06.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti xitoylik hamkorlar bilan birgalikda “Turizm sohasi kambag‘allikni qisqartirishga ko‘mak beradi: O‘zbekistonda ayollar bandligi va gender tenglik masalalari” hukumatlararo ilmiy-tadqiqot loyihasini yo‘lga qo‘yishni boshladi. 

Xorazm viloyatining turistik obyektlari bo‘ylab media-tur tashkil etildi

05.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining Xorazm viloyati departamenti hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar, hududning noyob tarixiy-madaniy va me`moriy obidalari bilan tanishtirish maqsadida viloyatning faol jurnalist va blogerlari ishtirokida media-tur tashkil etildi. 

Turizm sohasidagi falsafa fanlari doktori va fan doktori ilmiy darajalari uchun hujjat qabul qilinadi

05.10.2020FanManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti 2021-2023 yillar uchun falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini mustaqil o‘rganish uchun hujjatlar qabul qilinishi haqida eʼlon qiladi.  

Jamoatchilik kengashi vakillari pandemiya davrida turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

02.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshchiligida soha faollari ishtirokida Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi va O‘zbekiston Gidlar uyushmasi raislari, "Aznur Travel", "Asia Tour Elite", "Leo Hospitality Solutions", "PeopleTravel" MCHJ rahbarlari va sohaning boshqa vakillari ishtirok etishdi.  

Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi

02.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi (RTOA) ijrochi direktori M.Lomidze bilan videokonferensiya o‘tkazdi. Tadbirda turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish holati va istiqbollari muhokama qilindi.  

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni sohiblari maʼlum bo‘ldi

28.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni taʼsis etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov turizm sohasi vakillarini kasb bayrami bilan tabrikladi

27.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

27-sentabr – Butunjahon turizm kuni. Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo, barcha davlatlarda nishonlanuvchi ushbu bayram turizm sohasini keng targ‘ib qilish, uning jahon iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini qayd etish hamda turli mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yana-da rivojlantirishni maqsad qilgan. 

O‘zbekiston nufuzli IDUAI forumiga taklif etilgan yagona mamlakat bo‘ldi

27.09.2020Sog‘liqni saqlashManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

28-29 sentabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni (The International Day for Universal Access to Information, IDUAI) ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn muhokama bo‘lib o‘tadi. Unda UNESCO bosh direktori Odri Azule, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etadi.