O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm

O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi tashkil etildi

01.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi tashkil etildi. Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi V qurultoyi” doirasida shu haqida maʼlum qildi.  

Buxoro sahrolaridagi ertaknamo olamga xush kelibsiz!

29.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Buxoro viloyatida yangi tematik turistik obyekt sayyohlarga o‘z eshiklarini ochmoqda. Romitan tumanida joylashgan “Bukhara Desert Oasis & Spa” innovatsion ekoturizm klasteri, shubhasiz, hech bir sayyohni befarq qoldirmaydi.

“O‘z diyoring kashf et!” mavzusidagi fotomateriallar tanloviga start berildi

27.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekistonning boy tarixi, muqaddas qadamjolari hamda yaxshi o‘rganilmagan tarixiy obidalar va madaniy ob'yektlarini keng targ‘ib etish, shuningdek rang-barang va yangi turistik marshrutlarni shakllanishiga turtki berish maqsadida yurtimiz fuqarolari orasida “O‘z diyoring kashf et!” mavzusidagi fotomateriallar tanlovi e’lon qilindi.

Gid va ekskursiyachilarga malaka guvohnomalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

25.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

"Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiyachilar va hamroh-yo‘riqchilarga malaka guvohnomalarini berish tartibi to‘g‘risida nizom" tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasida turizm sanoatini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 433-sonli qarorida shu haqida maʼlum qilingan.

Germaniya va Avstriya turkompaniyalari vakillari bilan videomuloqot o‘tkazildi

22.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

20-avgust kuni O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magi va “BZ.COMM” PR-kompaniyasining (Germaniya) qo‘llab-quvvatlashi ostida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov hamda O‘zbekiston, Germaniya va Avstriya turistik kompaniyalarining 90 dan ortiq vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Gidlarni qo‘llab-quvvatlashga doir onlayn-marafon o‘tkaziladi

19.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Turizmni rivojlantirish instituti va Butunjahon sayyohlik gidlar assotsiatsiyalari federatsiyasi (WFTGA) tomonidan “Do‘stlik ko‘prigi. Gid 2020: yangi imkoniyatlar va istiqbollar” onlayn-marafoni o‘tkazilmoqda. 

To‘dako‘l sohilida “Silk Road Family Resort” zamonaviy dam olish maskani ochildi

17.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi 4755-sonli qarorida To‘dako‘l ko‘li hududida turistik zonani tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish, ko‘lga yo‘lovchilarni tashish uchun doimiy avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirish nazarda tutilgan.

Bo‘stonliq tumanida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi

14.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Yangi zamonaviy "Silk Road Family Resort" dam olish maskani ochilmoqda

14.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

16-avgust kuni buxorolik faol tadbikorlar tomonidan Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani hududida joylashgan To‘dako‘l suv omborini eng so‘nggi zamon talablariga mos ravishda sohil dam olish maskaniga aylantirilgan "Silk Road Family Resort" sayyohlik plyaj zonasining rasmiy ochilish marosimi o‘tkaziladi. Ochilish marosimi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Buxoro viloyat departamenti hamda Navoiy viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Gruziya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

13.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonini berish tartibi tasdiqlandi

08.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Endilikda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari va faol targ‘ibot ishlari uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi. 

Turizm obyektlarida sanitar xavfsizlikni taʼminlovchi vositalar uchun belgilangan imtiyozlardan foydalaning!

04.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Hurmatli tadbirkorlar! Xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil qilishda O‘zbekiston Prezidenti farmonlari bilan turizm sohasi tadbirkorlari uchun taqdim etilgan imtiyozlardan keng foydalaning!  

O‘zbekiston-Indoneziya: Ziyorat turizmi yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalari faollashadi

03.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchisi U. Ro‘ziqulov Indoneziya parlamenti Vakillar palatasining fuqarolar farovonligi masalalari bo‘yicha spiker o‘rinbosari Muhaimin Iskandar bilan uchrashdi.  

Koreya sayyohlik agentliklari uyushmasi bilan hamkorlik o‘rnatildi

09.07.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlar almashinuvini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Janubiy Koreya Sayyohlik agentliklari uyushmasi (KATA) vakillari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi.

Farg‘ona viloyatida turizm qishloqlari va mahallalarini yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda

07.07.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Farg‘ona viloyatining turizm salohiyatiga ega bo‘lgan maskanlariga "Turizm qishlog‘i" va "Turizm mahallasi" maqomlarini berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Amerika va Kanada turoperatorlari O‘zbekistonga sayohat tiklanishini kutishmoqda

03.07.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov mamlakatimiz ijobiy imijini targ‘ib qilish va chet ellik sayyohlarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash doirasida AQSh va Kanadadagi sayyohlik agentliklari uchun onlayn brifingda ishtirok etdi. Tadbirga O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov moderatorlik qildi.

Koreya va Markaziy Osiyo ishbilarmonlari hamkorligi

30.06.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida “Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo ishbilarmonlik kengashi”ni tashkil etish toʻgʻrisida oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Registon maydonidan UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasi yig‘ilishining 65-sessiyasiga start berildi

25.06.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Yevropa mintaqaviy komissiyasining 65-yig‘ilishiga Samarqand mezbonlik qilmoqda. Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi.  

Mehmonxona biznesini rivojlantirishda BAAning yetakchi mutaxassislari ko‘mak beradi

20.06.2020Turizm

Mehmonxona sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotning eng tezkor va muvaffaqiyatli rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, yiliga 15-20 foizga o‘sib bormoqda.  

Aziz Abduhakimov: “Jayron” qo‘riqxonasida kuzatuv minorasi, tashrif markazi, muzey va live-kameralar tashkil etiladi

18.06.2020Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida joylashgan “Jayron” qo‘riqxonasiga borib, u yerning sayyohlik mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.