O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Singapur tadbirkorlari bilan videokonferensiya o‘tkazildi

2020-10-11 | Turizm

2020-yil 5-oktabrda O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi ko‘magida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov va Singapur kompaniyalari vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi favqulodda va muxtor elchisi Qahramon Shakirov, O‘zbekistonning Singapur Respublikasidagi MICE-turizm bo‘yicha elchisi, “Citystate Capital Asia” kompaniyalar guruhining moliyaviy direktori Fillip Tan, shuningdek mehmonxonalar, restoranlar va turizm sohasida biznesning boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi 10 nafar Singapur kompaniyalari vakillari, jumladan «Oxley Holdings», «Kelvin Chia Partnership», «Apical Pte Ltd», «OUE Limited» va boshqalar ishtirok etishdi.

Onlayn muloqot davomida O‘zbekistonning turizm salohiyati, shuningdek, investitsion loyihalar hamda chet ellik investorlar uchun imtiyozlar va preferensiyalar, shu jumladan mehmonxona qurish va boshqarish, restoranlar, kofe-shoplar, SPA-salaonlar, rekreatsiya zonalari, tematik parklar, apartamentlar, avialogistik xablarini rivojlantirish va boshqalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Ulug‘bek Azamov ishtirokchilarning O‘zbekistondagi xavfsiz turizmga oid bir qator savollariga javob berib, ularni “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sayyohlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi bilan tanishtirdi. Videokonferensiya yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda turizm obyektlarini yaratish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha singapurlik tadbirkorlar tomonidan takliflarni taqdim etishga doir kelishuvga erishildi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться