O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasidagi falsafa fanlari doktori va fan doktori ilmiy darajalari uchun hujjat qabul qilinadi

2020-10-05 | Fan

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti 2021-2023 yillar uchun falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini mustaqil o‘rganish uchun hujjatlar qabul qilinishi haqida eʼlon qiladi.  

Ilmiy darajalarni olish uchun ochiq yo‘nalishlarning dolzarbligi va talabgorligini yuqori baholash qiyin. 1993-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrda – 26 yil davomida turizm sohasi bo‘yicha atigi 18 doktorlik va 40 nomzodlik ishi himoya qilindi. O‘zbekistonda turizm sohasi muammolariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini atigi 30 nafar mutaxassis olib boradi. Soha mutaxassislari mamlakatda turizmning hozirgi rivojlanishini hisobga olgan holda, ilmiy izlanish va ishlanmalarining yetishmovchiligiga duch kelishmoqda.

Shu bois 2019-yilning boshida yuqori darajali turistik kadrlarni tayyorlash tizimini yaratishga doir qaror qabul qilindi. Buning natijasida o‘tgan yilning oktabr oyida “Turizm o‘quv-konsalting markazi” DUK bazasida Turizmni rivojlantirish instituti tashkil etildi. Uning ustuvor yo‘nalishlari sifatida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar va izlanishlarni o‘tkazish, sohadagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek xalqaro amaliyot va global tendensiyalarni o‘rganish belgilandi. Shularning natijasidan kelib chiqib, respublikaning turistik tizimi faoliyatiga ilg‘or tajribalarni tatbiq qilishga oid taklif hamda tavsiyalar kiritiladi. Joriy yilda Institutda ilmiy daraja izlanishi uchun 4 yo‘nalish ochilgan: “Xizmat ko‘rsatish sohalari iqtisodiyoti”, “Etnografiya, etnologiya va antropologiya”, “Marketing” va “Menejment”.

2021-yildan Institut turizm sohasida tayanch doktorantura hamda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha doktoranturani ochishni rejalashtirmoqda. Bu mutaxassislikni chuqur o‘rganish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriluvchi ishdan uzilgan holda doktorlik dissertatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni himoyalash uchun ilmiy izlanishlar olib borish imkonini beradi. Mustaqil izlanish olib borishga daʼvogar hujjatlarni ilova qilgan holda Qabul komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi (to‘liq ro‘yxat quyida keltiriladi).

Mustaqil ilmiy izlanishga daʼvogar Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: 1.     Maʼlumotnoma-obyektivka; 2.     Magistrlik diplomi yoki oliy maʼlumotga ega ekanligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi (ixtisoslik dasturlari bo‘yicha) – falsafa fanlari doktori ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchi (PhD) sifatida qayd etish uchun; 3.     Xorijda olingan fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) yo ularga yo‘naltirilgan boshqa ilmiy darajalar to‘g‘risidagi diplom nusxasi –  fan doktori ilmiy darajasiga mustaqil tadqiqotchi sifatida qayd etish uchun; 4.     O‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan mehnat daftarchasi nusxasi; 5.     Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari; 6.     Tadqiqot ishining qisqacha mazmuni; 7.     Ish joyidan tavsifnoma. Institutda ilmiy tadqiqotni qabul qilish suhbat asnosida amalga oshiriladi. Hujjatlar 2020-yiling 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Buyuk Ipak yo‘li, 115 A Telefon: +71 268-73-67 (Saboxat Soatova)  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться