O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm

Aziz Abduhakimov Samarqand yarim marafonining tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

26.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya marafoni tashkiliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Samarqand yarim marafonining tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi. 

Odri Azule: "Xiva bugungi kunda ham odamlarni birlashtirgan madaniyat va ilhomning haqiqiy kuchini o‘zida mujassam etgan"

25.09.2020MadaniyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

PARIJ, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. Oldin xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zga chiqib, 2021-yilda Xivada "Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro forumini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. «Dunyo» AA ning Parijdagi muxbiri davlatimiz rahbarining ushbu tashabbusi bo‘yicha YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim fikri bilan qiziqdi.

Turistik obyektlardagi targ‘ibot yozuvlarida davlat tilining ahamiyati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

24.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Buxoroning diqqatga sazovor manzillaridan birida viloyat hokimligi vakillari, viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti va tashqi reklama ishlab chiqaruvchi subyektlar, turizm sohasi vakillari va hunarmandlar, tadbirkorlar ishtirokida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakovning Corriere della Sera (Italiya) gazetasiga bergan intervyusi

23.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Covid va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi O‘zbekiston
 
muallif Farian Sabaxi, 21-sentabr, 2020-yil

Toshkent shahrida jahon standartlari asosida AYOQSlar tashkil etilmoqda

21.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-sonli qaroriga muvofiq 2020-yil 1-sentabrga qadar hududlarda savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish, tez ovqatlanish shoxobchalari, bepul wi-fi zonalari, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik norma va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlangan bittadan namunaviy AGTKS, AGQS va AYOQS faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish belgilangan.  

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining 2-bosqichini amalga oshirishga doir Hukumat qarori qabul qilindi

19.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

 Bo‘stonliq tumanining turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini yana-da oshirish va rivojlantirish, hududga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar, zamonaviy va sifatli infratuzilmani yaratish maqsadida “Amirsoy” MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan 2019 yil dekabr oyida osma yo‘llar, chang‘i trassalari va joylashtirish vositalarini barpo etishni o‘z ichiga olgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasi barpo etilgan edi. 

Joylashtirish vositalarida fuqarolarni hisobga olishning yangi tartibi joriy qilindi

16.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Endilikda joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan kishilar “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali hisobga olinadi. 

O‘zbekiston MDH Turizm Kengashi huzurida Tezkor munosabat bildirish guruhini tuzish tashabbusini bildirdi

14.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

MDH mamlakatlarining "Ishbilarmonlik tashabbuslari haftaligi" doirasida turizm bo‘yicha onlayn forum bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi nomidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov ishtirok etdi.  

Buxoroda ziyorat turizmini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar ko'zdan kechirildi

13.09.2020TurizmManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Bugungi kunda uch ming yillik tarixga ega vohamiz ajdodlardan qolgan boy madaniy merosi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Ayni chog'da viloyatimizdagi 829 ta moddiy va madaniy meros obyekti, jumladan, 507 ta me'moriy obida, 287 ta arxeologik yodgorlik, 17 ta monumental san'at namunasi va 18 ta diqqatga sazovor joylar davlat muhofazasiga olingan.

Turizmni rivojlantirish va barqaror madaniy merosni asrashga yo‘naltirilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

12.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda barqaror madaniy meros va turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan virtual davra suhbatini o‘tkazdi.  

Noyabrda “Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

11.09.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

“Samarkand Half Marathon” yarim marafoni Respublikada alohida ehtiyojli kishilar uchun qulay va inklyuziv muhit yaratishga qaratilgan boshqa tadbirlar bilan birga muhim tadbirga aylanib ulgurgan. Ushbu loyiha sport orqali biz inklyuzivlik masalalariga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qila olishimizni namoyon qilmoqda.  

UNESCOda O‘zbekistonning nomoddiy merosi targ‘ibotiga doir saʼy-harakatlar taqdim etildi

11.09.2020MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

8-10 sentabr kunlari O‘zbekistonning doimiy vakolatxonasi Parijdagi UNESCO shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Konvensiyasiga (2013 y.) aʼzo davlatlar Bosh assambleyasining 8-sessiyasida ishtirok etdi.  

Hind kompaniyasi Dehlidan Londonga avtobusda sayohatni yoʻlga qoʻymoqchi. U Oʻzbekistondan ham oʻtadi

10.09.2020TurizmManba: «Xalq So'zi»

Hindistonning Adventures Overland sayyohlik agentligi oʻz mijozlariga Dehlidan Londongacha avtobusda borishdek noyob sarguzasht turini taklif etmoqda. 

“Jayron” eko-turistik obyektini rivojlantirish ishlari boshlandi

08.09.2020EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Buxorodan 42 km masofada, Qizilqum sahrosining janubi-g‘arbida joylashgan “Jayron” qo‘riqxonasiga birinchi tamal toshi qo‘yildi. Ushbu eko-turistik obyektni rivojlantirish ishlari pitomnik imkoniyatlarini oshirish va sayyohlar hamda mahalliy mehmonlar tashrifi uchun qulay sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.  

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida attestatsiya o‘tkazildi

08.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi 2666-sonli qarori bilan tasdiqlangan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, joriy yilning 17-18 avgust kunlari “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rahbar va xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi. 

Aziz Abduhakimov: Oʻrmon xoʻjaliklarida ham turizmni rivojlantiramiz

05.09.2020TurizmManba: O'zA

Avval xabar berganimizdek, 4-sentabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha islohotlar natijadorligi tahliliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Ertaklar olamiga sayohat: “Bukhara Desert Oasis & SPA” tematik maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

04.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Buxoro viloyatining Romitan tumanida “Bukhara Desert Oasis & SPA” tematik sayyohlik maskanining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. Tantanali tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston turizmi targ‘iboti bo‘yicha National Geographic vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi

03.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining mutaxassilaridan iborat jamoa va Kanadaning National Geographic telekanali Rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, sayohat kontentlari bo‘yicha strateg Katerina Solt hamda Sayohat yo‘nalishida hamkorlik bo‘limi direktori Nitu Kemboy o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yuqori Chirchiq tumanidagi "Iyk ota" ziyoratgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

02.09.2020TurizmManba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Joriy yilning 1-sentabr kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi madaniy meros namunasi bo‘lgan "Iyk ota" ziyoratgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Toshkent viloyati hokimi R Xolmatov, Toshkent viloyati vakilligining bosh imom xatibi Xayrulloh domla Turmatov va bir qator nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.

O‘zbekistonning turizm sohasi vakillariga!

02.09.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Hurmatli gidlar, turoperatorlar, turagentlar, otelyerlar, yo‘l bo‘yi infratuzilma va transport kompaniyalari vakillari, HoReCa, o‘lkashunoslar, tarixchilar, arxeologlar, nodavlat sektor vakillari hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kishilar!