O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasi kambag‘allikni qisqartirishga ko‘mak beradi: O‘zbekistonda ayollar bandligi va gender tenglik masalalari

2020-10-06 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti xitoylik hamkorlar bilan birgalikda “Turizm sohasi kambag‘allikni qisqartirishga ko‘mak beradi: O‘zbekistonda ayollar bandligi va gender tenglik masalalari” hukumatlararo ilmiy-tadqiqot loyihasini yo‘lga qo‘yishni boshladi. 

Loyiha xitoylik hamkorlar tomonidan, Chunsin xalqaro hamkorlik o‘quv markazi (STCIC) qo‘llab-quvvatlashi ostida, “Aqlli shahar” va “Yangi sonaot” dengiz va kontenental Ipak yo‘li shaharlari alyansi qo‘mitasi (MCSR-SNC) (Xitoy) bilan hamkorlikda ajratilgan grantlar asosida  moliyalashtiriladi. Yangi loyiha O‘zbekistondagi kambag‘allik darajasi, gender tengsizlik va turizm sohasidagi bandlik muammolarining real yechimlarni topishga yo‘naltirilgan. Ushbu loyihada Xitoyning yetakchi ekspertlari, shuningdek Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari hamda turizm sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.

Loyiha doirasida O‘zbekiston turizmi siyosatini shakllantirish va baholash mavzulari bo‘yicha qiyosiy tahlil, tematik va xulosalarga asoslangan hisobotlar, maʼlumotnomalar tayyorlash imkonini beruvchi tadqiqot o‘tkaziladi. Bundan tashqari, loyiha ishtirokchilari boshqaruv sohasidagi tajriba bilan o‘rtoqlashish imkonini beradi. Ayollarni ish bilan taʼminlash va gender tengligi muammolarining hal qilinishi turizm sohasidagi biznesning rivojlanishi natijasida mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga turtki beradi. Loyiha doirasida Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashish tajribasini qo‘llagan holda, qishloq ayollarini nafaqat turizm sohasi xodimi, balki tadbirkor sifatida ham jalb qilish imkonini beruvchi taʼlim va maʼrifiy seminarlar hamda kurslar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 2020-yilning 28-sentabr kuni loyihaning boshlanishiga bag‘ishlangan onlayn ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyihani amalga oshirilishi bilan bog‘liq  ishlarning asosiy bosqichlari belgilab olindi: yo‘l xaritasini yaratish, uni amalga oshirish, so‘ngra xulosalar berish va monografiya shaklidagi tavsiyalarni ishlab chiqish.

Loyihada Xitoyning yetakchi ekspertlari ishtirok etadi: janob Li Szi –Saroy muzeyining sobiq vitse-prezidenti, Pekin Taqiqlangan shahar madaniy merosini saqlash jamg‘armasi raisi, professor Chan Changfa –  Xitoy merosini saqlash fondi raisining o‘rinbosari, professor Van Kunsin – Butunjahon turizm alyansi bosh kotibi o‘rinbosari, professor Sun Xua – Akademik qo‘mita direktori, Pekin universiteti Arxeologiya va muzeologiya maktabining Tadqiqotlar va madaniy merosni muhofaza qilish markazi direktori, janob Vu Jianbo – Ipak yo‘li dengiz va kontinental shaharlar alyansi – “Aqlli shahar va yangi sanoat” qo‘mitasi direktori (MCSR-SNC), janob Nurmat Tenizbayev – MCSR-SNC loyihasi rahbari, janob Karlos Rodriges – MCSR-SNC loyihasi rahbari, Chan Tayyao xonim – MCSR-SNC loyihasi rahbari. Taʼkidlash joizki, turizm COVID-19 pandemiyasi natijasida eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biridir. Bu haqda BMT rahbari Antonio Guterrish maxsus murojaatida maʼlum qildi. Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, turizm taraqqiyotning muhim omili bo‘lib qolmoqda: butun dunyodagi millionlab odamlar uchun bu hayotning yagona manbai hisoblanadi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться