O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning Pokistondagi “Ziyorat turizmi” elchisi tayinlandi
2020-10-20 | Turizm
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Ravalpindi shahrida Pokistondagi Naqshbandiya tariqati yetakchisi Pir Muhammad Naqib ur-Rahmonning o‘g‘li - Pir Muhammad Xasib ur-Rahmonga O‘zbekistonning “Ziyorat turizmi” elchisi guvohnomasini topshirdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Marosim 500 dan ortiq Naqshbandiya ta’limoti izdoshlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning Pokistondagi “Ziyorat turizmi”ning yangi elchisi O‘zbekiston rahbariyati tomonidan respublikada buyuk islom merosini asrab-avaylash, ma’rifiy islomni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni yuksak baholadi. Shuningdek, Pokistonda “Ziyorat turizmi”ni targ‘ib qilish kabi xayrli ishlarda unga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi. U bunday sharafli vazifanbajarish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar etishinita’kidladi.
“Ziyorat turizmi” elchisi joriy yil bahorida O‘zbekistonga tashrifi yuqori darajada tashkil etilganini mamnunlik bilan esladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida hayotga tadbiq etilayotgan ken ko‘lamli islohotlar, shu jumladan, mamlakatning turizm sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar o‘z samarasini berayotganini qayd etdi. O‘zbekiston islom olami uchun diniy ta’lim, ma’rifiy islom va uning umuminsoniy qadriyatlarini targ‘ib qilish sohasida izchil o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, degan fikr bildirdi.
Pir Muhammad Xasib ur-Rahmonga ko‘ra, O‘zbekistonga “Ziyorat turizmi”ning o‘ziga xosligi shundaki, ziyoratchilarga nafaqat Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa tarixiy shaharlar bilan tanishish, balki buyuk Imom Buxoriy, Bohouddin Naqshbandiy, Muhammad Xorazmiy kabi mutafakkir va allomalar merosini o‘rganish imkoniyati ham taqdim etiladi.
“Ziyorat turizmi” elchisi Pokistondan ziyoratchilarni «Umra plyus» maxsus dasturi bo‘yicha O‘zbekistonga yuborish istagini bildirdi.
Tadbir Pokiston ommaviy axborot vositalari, jumladan «Daily Jang», «Ahsas News», «Haq News», «Jahon Pakistan», «Daily Nai Baat», «Daily Osaf», «Daily Sama», «Daily Islam» axborot agentliklari va nashrlarida hamda «PTV» markaziy telekanalida keng yoritildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi