O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat granti asosida o'qib, turizm sohasi mutaxassisi bo'lish uchun ajoyib imkoniyat!

2020-10-16 | Turizm

Siz O‘zbekistonning tezkor rivojlanayotgan hamda munosib haq to‘lanuvchi sohalaridan birida faoliyat yuritishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, bu maʼlumot aynan siz uchun!  

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi respublikamizning turli hududlarida joylashgan 3 texnikum va 9 kollej Sizlarni quyidagi yo‘nalishlarda taʼlim olishga chorlaydi:

Turizm tarmoqlari bo‘yicha; Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish; Umumiy ovqatlanish korxonalari mutaxassisi; Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish; Servis va turizm. Bundan tashqari, har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, bir necha qo‘shimcha yo‘nalishlar ham mavjud. Turizm sohasidagi o‘rta-maxsus taʼlim muassasalarida o‘qish davomiyligi - 2 yilgacha.

Diqqat! Turizm yo‘nalishidagi texnikumlarimizni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar turizm sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz 2-kursdan o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘lishadi.

Buning uchun faqatgina yakka tartibdagi suhbatdan o‘tsangiz, kifoya! Yana bir muhim jihatga eʼtiboringizni qarating!  2020-2021 o‘quv yilida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi kollej va texnikumlarga qabul qilingan barcha talabalar, istisno tariqasida, davlat granti asosida o‘qitiladi.  

Turizm yo‘nalishidagi texnikum va kollejlarning to‘liq nomi, manzili va murojaat uchun maʼlumotlar  

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti huzuridagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi Manzil: Toshkent shahri, yashnobod tumani, Taraqqiyot ko‘chasi, 2-muyilish, 1-uy. Telefon: +99871 289-40-30, +99890 354-88-66 Elektron pochta manzili: yashnobod.edu@uzbektourism.uz  

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti huzuridagi Samarqand turizm va servis texnikumi Manzil: Samarqand shahri, Sartepo maskani, Turkiston ko‘chasi. Telefon: +99866 238-35-40, +998 90 505-23-23. Elektron pochta: samarkand.edu@uzbektourism.uz

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti huzuridagi Buxoro turizm texnikumi Manzil: Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 26-uy Telefon raqami: +99865 222-56-19, +99890 512-73-02 Elektron pochta: bukhara.edu@uzbektourism.uz  

Toshkent turizm va biznes kolleji Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Do‘stlik-2 mavzesi, 4-uy Telefon: +99871 257-77-77, +99899 880-59-32 Elektron pochta: sirgali.edu@uzbektourism.uz

Toshkent turizm va servis kolleji Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A.Donish ko‘chasi, 28-uy. Telefon: +99871 224-79-52, +99890 806-48-78. Elektron pochta: yunusabad.edu@uzbektourism.uz

Bo‘stonliq turizm va servis kolleji Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Soyliq qishlog‘I, “Ziyokor” ko‘chasi. Telefon: +99870 742-64-12, +99870 762-15-44, +99899 404-85-75 Elektron pochta: bustonlik.edu@uzbektourism.uz  

Andijon turizm va servis kolleji Manzil: Andijon shahar, Bo‘ston dahasi, A.Hamraqulov ko‘chasi, 20-uy Telefon: +99874 234-99-01, +99891 797-44-49 Elektron pochta: andijan.edu@uzbektourism.uz  

Marg‘ilon turizm va servis kolleji Manzil: Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, “Navro‘z” MFY, Yangi Marg‘ilon ko‘chasi, 72a-uy. Telefon: +99873 237-14-00, +99873 244-14-54, +99890 290-97-88 Elektron pochta: margilan.edu@uzbektourism.uz  

Zomin turizm va servis kolleji Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 17-uy Telefon: +99872 226 09 50, +99899 554-68-03, +99899 552-57-57 Elektron pochta: zomin.edu@uzbektourism.uz  

Boysun turizm va servis kolleji Manzil: Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, «Bibishirin» mahallasi Telefon: +99876 335-33-51, +99876 223-35-10, +99891 511-39-88 Elektron pochta: boysun.edu@uzbektourism.uz  

Shahrisabz turizm va servis kolleji Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Nizomiy ko‘chasi, 47-uy Telefon raqami: +99875 522-05-83, +99875 221-47-46, +99897 799-01-17 Elektron pochta: shakhrisabz.edu@uzbektourism.uz  

Xiva turizm va servis kolleji Manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahri, Ohunboboyev ko‘chasi, 1-uy Telefon: +99862 377-82-70, +99862 224-67-36, +99899 423-90-72  Elektron pochta: khiva.edu@uzbektourism.uz

Har bir insonning kelajagi o‘z qo‘lida, shunday ekan, bunday ajoyib imkoniyatni boy bermang! Ertangi kun uchun harakatingizni bugundan boshlang! 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться