O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlar Mahkamasining apparati

Apparat Hukumat faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va bayonnoma jihatdan ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan «yo‘l xaritalari», jadvallar, harakatlar dasturlari, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Apparat o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir deb ataladi) rahbarligida amalga oshiradi.

Apparat unga yuklangan vazifalarni bajarishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining apparatlari, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Quyidagilar apparatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan Hukumatning vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash;
  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilishni, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasining, tarkibiy va institutsional qayta o‘zgartirishlarning, O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining tizimli monitoringi olib borilishini ta’minlash;
  • makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni, hududlarni kompleks rivojlantirishni, tadbirkorlikni keng rivojlantirish, aholi bandligi va hayoti darajasini izchil oshishini ta’minlaydigan eng muhim ustuvor vazifalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • markaziy iqtisodiyot idoralari va ularning hududiy bo‘linmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda davlat dasturlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarida iqtisodiy, ijtimoiy va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishining tizimli tahlilini tashkil etish;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi ustidan monitoring tizimini yaratish;
  • mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan kelib chiqib, respublikaning xorijiy davlatlar, davlatlarning mintaqaviy birlashmalari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va respublikaning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini, shuningdek, qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llanilishini monitoring qilish jarayonining ajralmas qismi sifatida ularning tartibga solish ta’sirini baholashning kompleks tizimi amal qilishini ta’minlash;
  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomalar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan majlislar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalari («yo‘l xaritalari»), shuningdek, rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishi ijrosi ustidan tizimli va ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
  • yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali ijro etilishida Hukumat a’zolari, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlari rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida mustaqilligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarida (keyingi o‘rinlarda Asosiy mezonlar deb ataladi) ko‘rsatilgan maqsadli vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini oshirish;
  • hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlash;
  • davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki tartibi va darajasini aniq reglamentlash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, «xufyona iqtisodiyot»ning oldini olish, pasaytirish va tizimli qarshi kurashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
  • ijro intizomining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash, ko‘p sonli yig‘ilishlar, ortiqcha yozishmalar va samarasiz xizmat safarlari amaliyotiga chek qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rish;
  • ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sub’ektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
  • davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini ixchamlashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar, shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
  • apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, tegishli faoliyat sohalaridagi erishilgan natijalar uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining professional darajasini oshirishni ta’minlash.

Apparatning ustuvor vazifalari har yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda ham belgilanadi.

Apparat unga yuklangan vazifalarni o‘zining tarkibiy bo‘linmalari orqali hal etadi.

Apparat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish talab qilinadigan masalalarni har tomonlama ishlab chiqadi;
  • Vazirlar Mahkamasi faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va bayonnoma jihatidan ta’minlaydi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilishi talab etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va boshqa hujjatlar loyihalari Hukumatga kiritilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablari bajarilishini ta’minlaydi;
  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan va Hukumat tomonidan qabul qilinadigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasini, shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholashni amalga oshiradi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomalar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishlar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalari («yo‘l xaritalari») bajarilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
  • muammoli masalalarni hal qilish va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, respublika hududlarini dinamik rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq (oldini oluvchi) chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Bosh vazirning maslahatchilariga, Bosh vazirning o‘rinbosarlariga va Bosh vazirga taqdim etadi;
  • ijro intizomi darajasini oshirish, ko‘p sonli yig‘ilishlar amaliyotiga, ortiqcha yozishmalar va samarasiz xizmat safarlariga barham berish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
  • iqtisodiy va ijtimoiy sohaning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tegishli tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
  • Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari ishtirokidagi yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • Vazirlar Mahkamasining komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlari ishini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
  • qonun loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarini tayyorlaydi va amalga oshirilishini ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shuningdek, ularni muhokama qilishda va (yalpi) majlislarda qabul qilishda ishtirok etadi;
  • nomzodlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish va ma’qullash jarayonida Bosh vazirning o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejalari bilan bog‘liq materiallar tayyorlanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi bajarilishi to‘g‘risida keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Bosh vazir va Hukumat a’zolarining har choraklik hisobotlari bilan bog‘liq materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yo‘llangan murojaatlarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ko‘rib chiqadi;
  • maxfiylik tartibotini, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;
  • jamoatchilikning O’zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilinishini tashkil etadi;

Apparat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Apparatning tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

a) apparat boshqaruvchisi, uning o‘rinbosarlari va Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili;

b) apparatning tarkibiy bo‘linmalari:

Bosh vazirning kotibiyati;

Bosh vazirning protokol xizmati;

Bosh vazirning matbuot xizmati;

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi;

Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari;

Bosh vazir maslahatchilarining departamentlari;

Apparat boshqaruvchisi, uning o‘rinbosarlari kotibiyatlari;

Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili kotibiyati;

Yuridik ta’minlash boshqarmasi;

Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi;

Umumiy bo‘lim;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi;

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi;

Birinchi bo‘lim;

Kadrlar bo‘limi.

Apparatning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.