O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

FUQAROLIK

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibi.
 
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik masalalari O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi O‘RQ–610-son “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:
 
a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo‘lsa;
 
b) fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e'tiboran va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo‘lsa;
 
v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
 
g) O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
 
d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi doimiy yashash manzilidagi MvaFRBga murojaat etiladi.
Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
 
so‘rovnoma;
 
pasport va (yoki) yashash guvohnomasi;
 
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
 
bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa yashash guvohnomasi;
 
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
 
davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
 
ariza beruvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshining pasporti yoxud manfaatdor vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning iltimosnomasi;
 
sudlanganlik holati yo‘qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga pasport (yashash guvohnomasi) ilova qilinadi.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishning umumiy muddati talabnoma O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma'lumotlar bazasiga kiritilgan sanadan e'tiboran bir yildan oshmasligi kerak.O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik masalalari O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi O‘RQ–610-son “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:
 
a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo‘lsa;
 
b) fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e'tiboran va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo‘lsa;
 
v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
 
g) O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
 
d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi doimiy yashash manzilidagi MvaFRBga murojaat etiladi.
 
Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
 
so‘rovnoma;
 
pasport va (yoki) yashash guvohnomasi;
 
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
 
bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa yashash guvohnomasi;
 
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
 
davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
 
ariza beruvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshining pasporti yoxud manfaatdor vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning iltimosnomasi;
 
sudlanganlik holati yo‘qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga pasport (yashash guvohnomasi) ilova qilinadi.
 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishning umumiy muddati talabnoma O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma'lumotlar bazasiga kiritilgan sanadan e'tiboran bir yildan oshmasligi kerak.