O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy bayramlar

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni
Mustaqil O'zbekistonda ushbu bayram o'z qurolli kuchlarini tashkil etishga bag'ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi harbiy o'quv yurtlari va boshqa harbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O'zbekiston Respublikasi yurisdiktsiya qaramog'iga o'tishi to'g'risida qarori qabul qilindi. 1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi.


8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni
O'zbekistonda ushbu bayram sevgi, mehribonlik va go'zallik bayrami sifatida nishonlanadi, shuningdek, "onalar kuni" sifatida ham taniqlidir. 8 mart O'zbekistonda dam olish kuni deb belgilangan.


21 Mart - Navro'z
Navro'z qadimiy milliy bayrami (forz tilidan tarjima qilindanda "yangi kun" ma'nosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina O'zbek oilalar sumalak, halim, ko'k somsa, osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo'lgan ko'p vitaminlarga boydir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'ziga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro'z bayrami Alisher Navoiy maydonida tantanali ravishda nishonlanadi.


9 may - Xotira va qadrlash kuni
1999 yili 9 may kuni O'zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram keng ma'noga ega bo'lib, u mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qahramona, o'lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq hotirasi va insonni qadrlash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumxalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko'rsatiladi.


1 sentabr - Mustaqillik kuni
O'zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentabr kuni marosimli va rang-barang shaklda nishonlanadi. Milliy bayram do'stlik, xayriya va har tomonlama hurmatga tayangan o'zbek xalqining barcha orzularini namoyon etadigan bayramdir.

O'zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millati, dini va irqidan qat'iy nazar O'zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar.


1 oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni
Har yili O'zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo'lgan chuqur hurmat va e'tibor saqlanib qolgan. "Domla", "Muallim", "Ustoz" kabi so'zlar o'z ustozlardan nafaqat bilimlarni va aholiga bo'lgan hurmat munosabati va Vatanga bo'lgan mehriga ega bo'lgan o'quvchilar asrlar davomida minnatdorchilik va izzat bilan murojaat etganlar.

Maktab va o'quv muassasalarning o'quvchilari hayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o'qituvchilarni minnatdorchilik bilan, gullar va sovg'alar bilan hayot yo'lida mashaqqatli mehnati uchun chin yurakdan tabriklashadi.


8 dekabr - Konstitutsiya kuni
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Parlament tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. Ushbu bayram butun O'zbekiston bo'ylab keng nishonlanadi.


Ramazon Hayiti
Ushbu bayram Ro'za hayiti sifatida tanilgan va musulmon (Hijriy) kalendarining 9-oyiga to'g'ri keladi. Bayram 30 kundan iborat bo'lib, ruhiy hamda ma'naviy tozalanish an'anasi hisoblanadi. Uning shartlari quyidagicha: kun chiqishdan to kun botganga qadar ovqat va suv iste'mol qilmaslik; yomon o'ylardan saqlanish; atrofdagilarga hurmatda bo'lish va ularga imkoniyat darajasida yaxshilik qilishdan iboratdir.

Ushbu shartlarni bajargandan so'ng uch kundan iborat bo'lgan Ramazon Hayiti boshlanadi. "Ramazon Hayiti"ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.


Qurbon Hayiti

Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bu bayramning negizi, o'z o'g'lini Olloh yo'lida qurbon qilishga tayyor bo'lgan Payg'ambar Ibrohim (a.s.) bilan bog'liq bo'lgan tarixiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to'xtatilib o'rniga hayvon (qo'y, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoshlar davrasida o'tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. "Qurbon Hayiti"ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.