O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasida faoliyat yurituvchi ichki ishlar organlari xodimlarining yangi formasi namunasi sinovdan o'tkazilmoqda

2020-10-11 | Turizm

So'nggi yillarda mamlakatimizda turizm salohiyatini kengaytirish yo'lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizning tarixi bilan tanishib, uning diqqatga sazovor joylarini ko'rish, insonlarimiz bilan suhbat qurib, yangi do'stlar orttirish niyatida uzoq davlatlardan kelgan mehmonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratish muhim vazifalardan hisoblanmoqda. Ichki ishlar organlarida ham bu yo'nalishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Xususan, chet ellik turistlarning xavfsizligini ta'minlash, ular tashrif buyuradigan maskan, joylarda kerakli yordamlarni ko'rsatish bo'yicha maqsadli ishlar amalga oshirib kelinishi so'zlarimiz dalilidir. Bu ishda esa, Bilamizki, tashqi ko'rinish muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan bu masala ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlash bo'linmalari diqqat e'tiborida edi.

Mazkur soha xodimlarining yangi forma kiyim-boshlari bo'yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda yangi namunadagi forma tayyor bo'lib, Toshkent shahar va poytaxt viloyati xodimlarida sinovdan o'tkazilmoqda.

Forma kiyimini ishlab chiqishda avvalo ko'rinishiga ahamiyat qaratildi, shu bilan birga uning qulayligi, zamonaviy dizaynga ega ekanligi ham e'tibordan chetda qolmadi, albatta. Bundan tashqari, bo'linmalar xodimlari faoliyatining o'ziga xos jihatlari, mamlakatimiz hududidagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar inobatga olindi.

Loyiha jarayonida xorijiy davlatlar tajribasi ham o'rganilgan edi. Urinishlar natijasi o'laroq bugungi kunda yaratilib, xodimlar uchun taqdim etilgan forma kiyim-boshi mazkur yil davomida sinovdan o'tkaziladi.

IIV Xavfsiz turizmni ta'minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться