O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston nufuzli IDUAI forumiga taklif etilgan yagona mamlakat bo‘ldi
2020-09-27 | Sog‘liqni saqlash
28-29 sentabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni (The International Day for Universal Access to Information, IDUAI) ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn muhokama bo‘lib o‘tadi. Unda UNESCO bosh direktori Odri Azule, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etadi.
Tadbir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Twitter” ijtimoiy tarmog‘i, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, «Transparency International» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Shu o‘rinda O‘zbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan yagona mamlakat ekanini taʼkidlash muhim. Bu O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan shaffoflik va erkin fikrlilikni taʼminlash yo‘lida olib borilayotgan siyosat natijasida mamlakatimizda ro‘y bergan o‘zgarishlar eʼtirofdir.
Tadbir mavzusi: “Jonni omon saqlab, ishonchni mustahkamlab, umid bag‘ishlab axborot olish”.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi