O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonda turizmini targ‘ib etishda ishtirok eting
2020-10-10 | Turizm
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi muntazam ravishda O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va turizm sohasini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda ichki va xavfsiz turizmni ommalashtirish bo‘yicha turli aksiyalar va tanlovlarni o‘tkazib kelmoqda.
Jumladan, avgust oyida Transport vazirligi va "Uzbekistan Airports" AJ bilan birgalikda mintaqaviy xalqaro aeroportlar uchun eng yaxshi nomlar tanlovi boshlangan (Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi aeroport va Andijondagi "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomidagi aeroportlar bundan mustasno). Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov shartlari bilan bu yerda tanishishlari mumkin. Tanlov eʼlon qilinganidan 2 (ikki) oy o‘tgach, vazirliklar va idoralar vakillari, jamoatchilik, shu jumladan taniqli tarixchilar tarkibidagi Komissiya har bir aeroport uchun 5 tadan loyihani tanlaydi.
So‘ngra ular www.uzbektourism.uz veb-saytiga 2 (ikki) oy muddatga onlayn ovoz berish uchun joylashtiriladi. Eslatib o‘tamiz, tanlov uchun materiallarni qabul qilish muddati 2020-yil 20-avgustdan 20-oktabrgacha davom etadi. Shuningdek, 2020-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan davrda chet ellik sayyohlar o‘rtasida "O‘zbekiston taassurotlari" va mahalliy sayyohlar orasida "Mening sayohatim" aksiyalari o‘tkazilib, unda fuqaroligidan qatʼi nazar barcha shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Aksiyada ishtirok etish tartibi va shartlari bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.
Siz O‘zbekistonni sevasizmi va bu haqida butun dunyoga jar solishni xohlaysizmi? Unday bo‘lsa Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yuqoridagi tanlov va aksiyalarida ishtirok eting. Tanlov va aksiyalarda barcha хохловчилар ularning qayerda bo‘lishi va fuqaroligidan qatʼi nazar ishtirok etishlari mumkin.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi