O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni sohiblari maʼlum bo‘ldi
2020-09-28 | Turizm
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni taʼsis etildi.
Ushbu ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5781-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlarni rag‘batlantirish maqsadida taʼsis etildi.
Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillarda turizm sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar eng avvalo Prezidentimiz tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan yuksak eʼtibor hamda bu yo‘nalishda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning samarasidir.
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining taʼsis etilishi ham turizm sohasidagi islohotlarning natijasidir.
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining 2020 yilgi sovrindorlari:
1. Abdullayev Maxmud Mamadjanovich – Janubiy Koreyadagi “LAZZAT” o‘zbek restorani rahbari;
2. Badak Sadik – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi (Turkiya);
3. Bekjanova Amina Karimbayevna – “MUINAK TOUR” MCHJ direktori (Qoraqalpog'iston Respublikasi);
4. Zarifullayev Gulmurod Sayfullayevich – “Sintobiston” oilaviy mehmon uyi rahbari (Navoiy viloyati);
5. Ibragimov Shuxrat Ravshanovich – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyatidagi hududiy boshqarmasi Marketing va turizm turlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i;
6. Kadirov Doniyor Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha o‘rinbosari – Polkovnik;
7. Kiyosi Kurosava – kinorejissyor, senarist, yozuvchi, O'zbekistonda tasvirga olingan "Dunyoning chekkasi tomon" filmi prodyuseri (Yaponiya);
8. Maxkamov Ilham Rustamovich – O'zbekiston Respublikasi Transport vazirning birinchi o‘rinbosari;
9. Nazirov Alisher Nosirovich – kulol, “Hunarmand” uyushmasi Rishton tumani bo‘limi aʼzosi (Farg‘ona viloyati);
10. Saydaminov Murodulla – Orient Voyage sayyohlik firmasi bosh direktori (Samarqand viloyati);
11. Sofi Ibbotson – O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Turizm brendi elchisi;
12. Saliyev Taxirjan Nurmamatovich – O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi raisi;
13. Toni Tonchian Dzou – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi (Xitoy Xalq Respublikasi);
14. Tuxvatullina Elmira Akramovna - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasi direktorining ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari; 15. Ubaydullayev Ravshan Umarovich – “Amirsoy” tog‘ chang‘i kurortini tashkil etish bo‘yicha loyiha rahbari;
16. Uiterdik Katerina – Buxoro shahridagi “Shuxov” suv inshooti restavratsiyasi va turizm namoyish obyekti barpo etilishi tashabbuskori, investor (Fransiya);
17. Sharapov Anvar Qurbanovich – vafot etgan (so‘nggi ish joyi O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi maslahatchisi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining sobiq raisi);
18. Xolmatov Erkin Irgashevich - Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i;
19. Hayitova Muhayyo Xolmurodovna – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
20. Hakimov Dilyor Zafarovich - O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqullodda va Muhtor Elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATOdagi Vakolatxonalar boshlig‘i.
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni sovrindorlarini qutlash marosimi yaqin kunlarda tantanali ravishda o‘tkaziladi, unda Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov sovrindorlarga ko‘krak nishonini topshiradi.
Qayd etish lozimki, “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni yilda bir marta topshirilib, sovrindorlar soni 20 nafardan oshmaydi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi