O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand tumanida yangi sayyohlik obyekti ochildi

2020-10-18 | Turizm

Ohalik togʻ yon-bagʻrida joylashgan Yangiariq mahallasi hududida tashkil etilgan “Oqboʻyro garden” ekoturizm maskani maroqli dam olish uchun oromgohlar, milliy koʻrinishdagi shiyponlar, suzish havzasi, bolalar oʻyin maydonchasini oʻz ichiga oladi. 

Shuningdek, ochiq havoda mehmonlar uchun konsert va shou-dasturlar namoyish etiladi. Hududga tashrif buyuruvchilar togʻ manzarasidan bahramand boʻlishi hamda piyoda, otda yoki eshakda sayr qilishlari mumkin.

Mehmonlar uchun ekstremal turizm xizmatlaridan foydalanish, kvadrotsikllarda sayr qilish, paroplan, deltaplan va havo shartlarida parvoz qilish imkoniyatlari ham yaratilgan. Zamonaviy talablarga javob beradigan loyihaning umumiy qiymati 10 milliard soʻmdan ortiq.
 
Mazkur maskanning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.Abduhakimov va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.
 
Gʻ.HASANOV, A.ISROILOV (surat)

Manba: O'zA

Поделиться