O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm

Gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar faoliyat turiga kiritildi

23.02.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizm sohasi vakillari bandligining huquqiy asoslarini mustahkamlashda Prezidentning 2021- yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165-son farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur farmon bilan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari ham kiritildi.  

Aziz Abduhakimov O‘zbekiston gidlarini Butunjahon gidlar kuni bilan tabrikladi

23.02.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

21 fevral – Butunjahon gidlar kuni munosabati bilan poytaxtdagi “Marriott” mehmonxonasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Aziz Abduhakimov Xiva shahridagi yangi 5 yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari bilan tanishdi

17.02.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Xiva shahrida qurilayotgan mehmonxonalarda ketayotgan ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. 

Suma Chakrabarti: Turizm O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining lokomotivlaridan biriga aylanishi mumkin

14.02.2021TurizmManba: «Yangi O"zbekiston»

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov hamda O‘zbekiston Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Chakraborti o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokara o‘tkazildi.

Samarqandning turizm salohiyatini rivojlantirish haqida ma’lumot berildi

12.02.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni Samarqandning turizm salohiyatini, shu jumladan ziyorat turizmini rivojlantirishga doir taqdimot bilan tanishdi.

O‘zbekistonliklar uchun ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi

11.02.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida ichki turizmni rag‘batlantiruvchi choralar belgilandi.  

O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

10.02.2021HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Xorijlik vatandoshlarimiz Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlab fleshmob o‘tkazishdi

04.02.2021MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 9 fevral - Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi arafasida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.  

O‘zbekiston va Qozog‘iston musulmonlari idorasi mutasaddilari ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha aniq choralarni kelishib oldi

28.01.2021TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Qozog‘iston musulmonlari idorasining Haj va umra ishlari bo‘limi boshlig‘i Jandulla Bekjigitov va «Tawaf Travel» shirkati direktori Bektemir Isakov uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo AA muxbiri.

Navoiy viloyati va Qozog‘iston o‘rtasida ziyorat turizmini rivojlantirishga doir memorandum imzolandi

26.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Qozog‘iston delegatsiyasi kuni-kecha Navoiy viloyatida bo‘lib, uning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishdi.

Aziz Abduhakimov “Atletiko Madrid” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi

25.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Madrid shahriga xizmat safari davomida “Atletiko Madrid” futbol klubi rahbariyati va mutasaddilari bilan uchrashib, hamkorlikka doir muzokaralar olib bordi. 

Qozog‘iston delegatsiyasi Toshkent va Navoiy viloyatlarining turistik salohiyati bilan tanishdi

25.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi Navoiy viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 

Bosh vazir o‘rinbosari Ispaniya qiroli Filipp IV qabulida bo‘ldi

22.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Ispaniyaga tashrifi doirasida qirol Filipp VI qabulida bo‘lib, u bilan yuzma-yuz muloqot qildi.  

UNWTO Bosh kotibi: “O‘zbekiston tajribasi butun dunyo maktablari uchun alohida darslik yaratishga turtki bo‘ladi”

20.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonning turizmni bolalikdan boshlashga doir tashabbusini yuqori baholab, ushbu tashabbusni butun dunyo mamlakatlari maktablarida alohida fan sifatida kiritish va sohaga oid darslik yaratishga turtki bo‘lishini taʼkidladi.   

Sodiq Badak: “Pandemiya – rivojlanayotgan davlatlarda turizm sohasi rivoji uchun o‘ziga xos imkoniyat”

19.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining xorijiy maslahatchisi Sodiq Badak (Turkiya) Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida bo‘lib, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va UNWTO bosh kotibi Toshkent viloyatida global investitsiyaviy forum o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi

19.01.2021TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov kecha Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Atlantic Council” kengashi vakili Andijon viloyatiga tashrif buyurdi

18.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

AQSHning “Atlantic Council” kengashi katta ilmiy xodimi, jurnalist va yozuvchi Terrel Jermaine Starring Andijon viloyatining turizm va madaniyat sohasini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.  

Janubiy Koreya buddistlarini O‘zbekiston ziyorat turlariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi

15.01.2021TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

Mamlakatimizning Seuldagi  elchixonasi xodimlari va Janubiy Koreyaning “Chogye” buddistlar tashkiloti vakili Yun Yung Xi hamda «Anytime Tour» sayyohlik kompaniyasi direktori Iy Bun Shim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Olmatada O‘zbekistonda ziyorat turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

13.01.2021TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

Kuni kecha mamlakatimizning Olmatadagi Bosh konsulligida Qozog‘istonning yetakchi sayyohlik kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirokida «O‘zbekistonda ziyorat turizm» mavzusida taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Tourism. The path to innovation” tanlovi ishtirokchilari taqdimoti o‘tkazildi

12.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida turizm sohasidagi istiqbolli startap-loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Tourism. The path to innovation” tanlovi doirasida saralangan loyihalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.