O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamoatchilik kengashi vakillari pandemiya davrida turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
2020-10-02 | Turizm
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshchiligida soha faollari ishtirokida Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi va O‘zbekiston Gidlar uyushmasi raislari, "Aznur Travel", "Asia Tour Elite", "Leo Hospitality Solutions", "PeopleTravel" MCHJ rahbarlari va sohaning boshqa vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Jamoatchilik Kengashi Prezident va Hukumat tomonidan qabul qilingan so‘nggi farmon hamda qarorlarning turizm sohasidagi taʼsirini tahlil qilish va ularni real sharoitga moslashtirishda faol ishtirok etdi. Jamoatchilik kengashi turizm sohasi vakillarini jalb etgan holda yangi qonun loyihalari yuzasidan tizimli ravishda jamoatchilik muhokamasini olib borib, turizm sohasida uchraydigan muammolarni umumlashtiradi va normativ-huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun tavsiya va takliflar ishlab chiqadi. Yig‘ilishda turli NNT vakillarining turizm va unga tegishli sohalari bilan birgalikda Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi shakllantirildi.
Shuningdek, Jamoatchilik kengashi aʼzolarining ishlash tartibi va funksional majburiyatlarini ham belgilangan. Shu bilan birga, Jamoatchilik kengashi aʼzolari yig‘ilish muassasalari, tashkiliy texnika vositalari bilan taʼminlash hamda Kengash faoliyati uchun zarur bo‘lgan tahliliy materiallarni taqdim etishda ko‘mak so‘radi. Qaror shuningdek turizm sohasi samaradorligini oshirish uchun joylardagi real vaziyatni tahlil qilish uchun Jamoatchilik kengashi vakillarining hududlarga safarlarini moliyalashtirish manbalari shakllantirilishini ham nazarda tutadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi