O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning tarixiy obyektlari restavrasiyasiga Eron mutaxassislari jalb etiladi

2020-10-09 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Eron Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayerobodiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga doir kelishuvga erishildi. 

Tomonlar turizm sohasida COVID-19 pandemiyasi asoratlarini yumshatish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdi, pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda, xalqaro turistik sayohatlarni tiklashga doir birinchi darajali chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: 2019-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Eron aholisi 83 million kishini tashkil qiladi, shulardan 6 milliondan ortig‘i Turkiya, Ozarboyjon, Gruziya, Iroq va BAA kabi xorijiy davlatlarga sayohatlarni amalga oshirgan. O‘tkazilgan muzokaralarning yana bir muhim masalasi O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy meros ob’yektlarini saqlash hamda ularni restavrasiya qilish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalar realizasiyasi, shu yo‘nalishda tajriba almashish va mutaxassislarni tayyorlash bo‘ldi. Bundan tashqari, uchrashuv davomida nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini targ‘ib qilish va ularni YuNESKO ro‘yxatiga kiritish masalalarini ishlab chiqishga to‘xtalib o‘tildi, bunda O‘zbekiston va Eron xalqlari tarixi, madaniyati, an’analari va urf-odatlari hamda oshxonasi mushtarakligi alohida qayd etildi.

Hamid Nayerobodiy Eron hukumati O‘zbekistondagi islohotlarning yuqori sur’atlarda rivojlanayotganini katta qiziqish bilan kuzatayotganini ma’lum qilib, bunda Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatni ilgari surish va O‘zbekistonning bo‘lg‘usi “Uchinchi Renessansi”ni yaratish yo‘lida yuritayotgan siyosati roli juda katta ekanligini ta’kidladi. Eron tomon O‘zbekiston bilan parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy va turistik aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston hamda Eron Islom Respublikasi o‘rtasida madaniyat va san’at sohasida hamkorlik qilishga doir Hukumatlararo kelishuv va 2020-2023 yillarda turizm sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Hukumatlararo dasturni imzolashga tayyorgarlik jarayonlarining tezlashtirishga oid kelishuvga erishishdi.

Shuningdek, tomonlar restavrasiya ishlari tafsilotlarini belgilash hamda “yo‘l xaritasi”ni tuzish uchun eronlik ekspertlar delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilishga kelishib olishdi.

Bundan tashqari, tibbiyot turizmini rivojlantirish maqsadida Eron tomonidan Samarqand viloyatida zamonaviy Salomatlik markazini yaratish rejalashtirilmoqda, bunda Eron mutaxassislari va texnologiyalari jalb etilishi kutilmoqda. Mazkur salomatlik markazida murakkab tibbiy jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoni yaratiladi. Ta’kidlash joizki, 2019 yilning 2 noyabrida Toshkent  shahrida SHHT davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respubilikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Eron Islom Respublikasining birinchi vise-prezidenti Ishoq Jahongiriy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida tarixiy yodgorliklarni restavrasiya qilish va tiklashga oid kelishuvlarga erishgan edi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться