O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

TIV rahbari O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

22.01.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston bilan hamkorlikka bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

22.01.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti  Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston tashqi siyosatidagi yangi tendensiyalar: Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston bilan o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Mahmud Bobonazarov.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Syurix universiteti gospitali o‘rtasida bitim imzolandi

21.01.2021Sog‘liqni saqlashManba: “Dunyo” axborot agentligi

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilov va Syurix universiteti gospitali (Shveysariya) direktori kardioxirurgiya departamenti raisi, professor Paul Robert (Paul R.Vogt) o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

UNWTO Bosh kotibi: “O‘zbekiston tajribasi butun dunyo maktablari uchun alohida darslik yaratishga turtki bo‘ladi”

20.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonning turizmni bolalikdan boshlashga doir tashabbusini yuqori baholab, ushbu tashabbusni butun dunyo mamlakatlari maktablarida alohida fan sifatida kiritish va sohaga oid darslik yaratishga turtki bo‘lishini taʼkidladi.   

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi

20.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Turkiya Respublikasi vise-prezidenti Fuat Oktay bilan telekonferensaloqa shaklida muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk bilan uchrashuv

19.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2021-yil 18-yanvar kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida, Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov shu kunlarda rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo'lgan Jahon bankining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk bilan ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va UNWTO bosh kotibi Toshkent viloyatida global investitsiyaviy forum o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi

19.01.2021TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov kecha Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Atlantic Council” kengashi vakili Andijon viloyatiga tashrif buyurdi

18.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

AQSHning “Atlantic Council” kengashi katta ilmiy xodimi, jurnalist va yozuvchi Terrel Jermaine Starring Andijon viloyatining turizm va madaniyat sohasini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.  

Toshkent shahar hokimi Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati akimi Umirzak Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

18.01.2021JamiyatManba: Toshkent shahar hokimligi

Turkiston viloyati bilan do‘stona aloqalar uzoq tarixga borib taqaladi. 

Joriy yil yanvar oyining oxirigacha Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi

17.01.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

16.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 15-yanvar kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari - moliya vaziri Taro Aso bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Rossiya Federatsiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

15.01.2021FanManba: Gidrometeorologiya xizmati markazi

Joriy yilning 14-yanvar sanasida Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Xolmatjonov rahbarligida institut ilmiy xodimlari va Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Janubiy Koreya buddistlarini O‘zbekiston ziyorat turlariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi

15.01.2021TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

Mamlakatimizning Seuldagi  elchixonasi xodimlari va Janubiy Koreyaning “Chogye” buddistlar tashkiloti vakili Yun Yung Xi hamda «Anytime Tour» sayyohlik kompaniyasi direktori Iy Bun Shim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jahon banki bosh iqtisodchisi o‘rinbosari Aart Kray boshchiligida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eksklyuziv seminar o‘tkazilmoqda

13.01.2021IqtisodiyotManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Uch kunlik onlayn-seminar o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston elchilari Toshkent shahridagi “Texnopark” faoliyati bilan tanishdilar

12.01.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Ayni paytda  O‘zbekistonda bo‘lib turgan mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari  kuni kecha ishlab chiqarish imkoniyatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, eksport salohiyati va 2021-yilgi rejalar bilan tanishish maqsadida poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “Texnopark”ga tashrif buyurdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbirlari Muzaffar Kamilov va Anvar Ilyasov (suratlar).

“Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasterini yaratish loyihasini amalga oshirilishi o‘rganildi

11.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda tegishli vazirlik, idora va mahalliy hokimiyat organlaridan iborat ishchi guruhi Toshkent viloyatining Zangiota tumanida amalga oshirilayotgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini yaratish bo‘yicha loyiha hududiga tashrif buyurdi.

YUNESKO Oʻzbekiston birinchilardan boʻlib “hikoyani tarjima qiling” loyihasiga qoʻshilish taklifiga ijobiy javob qaytarganini eʼtirof etdi

08.01.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Oʻzbekiston birinchilardan boʻlib YUNESKOning “Hikoyani tarjima qiling” (Translate a Story) loyihasiga qoʻshilish taklifiga ijobiy javob qaytargan mamlakat boʻldi. Raqamli kutubxona Global Digital Library (Global raqamli kutubxona) bilan hamkorlikda bolalar uchun 130 ta kitob hamda interaktiv taʼlim oʻyinlari oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri va FAO bosh direktori 2021-yildagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olishdi

08.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Toshkent – Rim. 2021-yil 7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, noyabr oyida FAOning Yevropa mintaqaviy konferensiyasining raisi etib tayinlangan Jamshid Xodjayev va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuy onlayn rejimida ishchi uchrashuv o‘tkazdilar.

O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ilmiy dasturi asosida 23 ta loyiha moliyalashtiriladi

08.01.2021FanManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida eʼlon qilingan  ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.