O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan

04.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Saudiya Arabistoni Podshohligi atrof-muhit, suv resurslari va qishloq xo‘jaligi vaziri Abdulrahmon al-Fadliy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni savdo - iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi keyingi qadamlar muhokama qilindi

04.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligining investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam yubordi

03.05.2021Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, joriy yil 2-may kuni Turkiya Respublikasiga koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.

Xalqaro konferensiya Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bilan hamkorligiga bagʻishlandi

01.05.2021JamiyatManba: O'zA

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Tashqi ishlar vazirliklari va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bilan birgalikda O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlari Kengashi bilan hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi boshlandi

29.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.

Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning borishi ko‘rib chiqildi

21.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 20-aprel kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holatini hamda oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar amalga oshirilishini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

17.04.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

16-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori X. Astok bilan uchrashuv bo’lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarma oʻrtasida Memorandum imzolandi

16.04.2021Ta’limManba: «Yangi O"zbekiston»

Joriy yilning 15-aprel kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida, Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolanishining tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston – Rossiya: kelishuvlarning sifatli bajarilishi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish kalitidir

15.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari A.Overchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Adliya vaziri Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

13.04.2021JamiyatManba: O'zA

Joriy yilning 13-aprel kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O. Bekar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Turkiya soliq xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

13.04.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisi (DSQ) Sherzod Kudbiyev Turkiyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan elchisi Olgan Bekarni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston – Pokiston hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi

09.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

09.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasi savdo vaziri Ruxsar Pekjan bilan uchrashdi.

Toshkentda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – BAA Hukumatlararo komissiyasining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

08.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-aprel kuni videokonferensiya shaklida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumatlararo komissiyasining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Toshkentda YeOII sanoat siyosati Kengashining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

06.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent shahrida “INNOPROM. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) sanoat siyosati bo‘yicha Kengashining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya parlamenti delegatsiyasini qabul qildi

06.04.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni Koreya Respublikasi parlamentining Milliy Assambleya Spikeri Pak Byon Sok boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi

05.04.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashdi.  

Ravshan Ermatov Manamada OFK prezidenti Shayx Salmon bilan uchrashdi

03.04.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidentining taklifiga binoan Baxrayn qirolligi poytaxti Manama shahriga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va Vengriya banki bosh direktori xorijiy moliya muassasasining O‘zbekiston bozoriga kirishi masalalarini muhokama qildi

02.04.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Vengriyaning OTP bank group direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Shandor Chanyi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Qirg‘iziston Bosh vaziri Toshkentga keldi

25.03.2021SiyosatManba: O'zA

Toshkentda 25-26 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.