O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Toshkent va Dushanbe aloqalari rivojlanadi

24.03.2021MDHManba: Toshkent shahar hokimligi

23-mart kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib, "Dushanbe –MDHning madaniy poytaxti-2021" tadbirining ochilish marosimi hamda "Navro‘z-Dushanbe-madaniy va sayyohlik aloqalari platformasi" II Xalqaro forumida ishtirok etdilar.

Xorijiy davlat va hukumat rahbarlari O‘zbekiston Prezidentini Navro‘z bayrami bilan tabriklamoqda

22.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibini muhokama qildilar

15.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Delegatsiya vakillari muborak qadamjolarni ziyorat qildilar

15.03.2021MadaniyatManba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Xabar berganimizdek, 14-mart kuni Tojikiston va Аfgʼoniston delegatsiyasi Samarqandda Imom Buxoriy merosiga bagʼishlangan xalqaro anjumanda qatnashish uchun yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni mamlakatimiz soha rahbarlari yuqori darajada kutib oldilar.

Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 6 ta grant imzolandi

15.03.2021Sog‘liqni saqlashManba: “Dunyo” axborot agentligi

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston-Yaponiya markazida “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi bo‘yicha grant shartnomalarini imzolash marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Qirg‘iziston o‘g‘it yetkazib beruvchilar assosiasiyasi” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

12.03.2021IqtisodiyotManba: “O‘zkimyosanoat” AJ
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi doirasida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Qirg‘iziston o‘g‘it yetkazib beruvchilar assosiasiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Abu-Dabi valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi

11.03.2021SiyosatManba: O'zA

11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek va qirg‘iz bizneslarini o‘zaro yaqinlashtirish sari

11.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 11-mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Toshkent shahridagi «Yashnobod» texnoparki hududida O‘zbekiston – Qirg‘iziston biznes-forumi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Germaniya yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tadi

10.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel 12-mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadilar.

Germaniya biznesi uchun O‘zbekiston bozorida yangi imkoniyatlar

10.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-mart kuni videokonferensiya shaklida Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi ko‘magida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston - Germaniya davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – Turkiya ko‘p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi

10.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar to‘g‘risida

09.03.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 9-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashuvi hamda ikki mamlakat TIV rahbarlari boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

09.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Islom taraqqiyot bankining Yillik yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik muhokama qilindi

09.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhining Bosh kotibi Gassan al-Baba bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya Xiva, Buxoro va Samarqandda bo‘ldi (fotojamlanma)

09.03.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurib, Xiva, Buxoro hamda Samarqand shaharlarida bo‘ldi.  

O‘zbekiston – Pokiston investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorligi ko‘rib chiqildi

09.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 8-mart kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Pokiston Bosh vazirining savdo, to‘qimachilik sanoati va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va savdo-iqtisodiy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirishning hozirgi holati muhokamasiga bag‘ishlangan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

IPHRC raisi Marg‘ub Batt: O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surib, yuqori natijalarga erishmoqda

08.03.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi (IPHRC) raisi Marg‘ub Batt bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Toshkentda O‘zbekiston – Belarus Ishbilarmonlar kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

05.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-mart kuni Belarus Respublikasi hukumati delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston – Belarus Ishbilarmonlar kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

05.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Subbotin raisligida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va BAA hamkorlik natijalari va istiqbollarini muhokama qildi

03.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-mart kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazrui bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.