O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Jahon bankining taraqqiyot siyosati va hamkorlik aloqalari bo'yicha boshqaruvchi direktori bilan onlayn uchrashuv

05.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 4-fevral kuni Jahon bankining taraqqiyot siyosati va hamkorlik aloqalari bo'yicha boshqaruvchi direktori Mari Pangestu (http://bit.ly/2MWOE24) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Kuchkarov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jayev, shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakovlar o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va BMT tarkibiy tuzilmalarining mamlakatimizdagi vakolatxonalari rahbarlari istiqboldagi hamkorlik rejalarini belgilab oldi

04.02.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bugun Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov BMT doimiy koordinatori, elchi Helena Freyzer boshchiligidagi BMT tarkibiy tuzilmalari – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Taraqqiyot dasturi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti va  Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari bilan onlayn shaklda muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Tojikiston elchisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

04.02.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov bugun Tojikiston elchisi Sodiq Imomiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston–Britaniya kengashining 25-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

03.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-fevral kuni videokonferensiya shaklida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi (UBTIC) 25-yig‘ilishining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Strategiyadagi muhim vazifalar belgilab olindi

03.02.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida vazir Sherzod Hidoyatov hamda vazirning birinchi o‘rinbosari Sohib Saifnazarov ishtirokida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining yetakchi olim va mutaxassislari bilan video konferensiya tashkil etildi.

Jahon banki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

02.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori L.Burunchuk boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi.

Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Pokiston Qo‘shma ishchi guruhining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

01.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Hukumati delegasiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Pokiston Qo‘shma ishchi guruhining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston ilk bor Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi

31.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EOIK) Kengashining shu yil 29-yanvar kuni videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) da kuzatuvchi maqomini olgan mamlakat sifatida birinchi marta O‘zbekiston vakili ishtirok etdi.

Xalqaro to‘qimachilik brendlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda navbatdagi qadam

30.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 29-yanvar kuni Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi bilan hamkorlikda ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar, dunyoning yetakchi to‘qimachilik brendlari, xalqaro moliya institutlari va taraqqiyot hamkorlari hamda ishbilarmon uyushmalar vakillari ishtirokida onlayn shaklda “O‘zbekistondan barqaror yetkazib berish” mavzusida biznes-anjuman o‘tkazildi.

O‘zbekistonga Afg‘oniston delegatsiyasi muzokaralar o‘tkazish uchun keldi

30.01.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bugun O‘zbekistonga Afg‘oniston Prezidenti administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgar va tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Xalqaro valyuta jamg'armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

28.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

2021- yil 28- yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi rahbari Ron van Ruden bilan videokonferensaloqa rejimida muloqot o'tkazdi.

UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv

27.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 26-yanvar kuni moliya vaziri Timur Ishmetov hamda BMT bolalar jamg'armasi (UNICEF) ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ishtirokida mamlakatimiz ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga bag'ishlangan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

JP Morgan Development Finance Institution tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi xalqaro obligasiyalari tranzaksiyasining taraqqiyotga bo‘lgan ta'sirini “yuqori darajada” baholadi

27.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

JP Morgan Development Finance Institution (JP Morgan DFI) tuzilmasi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining delegatsiyasini qabul qildi

25.01.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya ko‘p qirrali sheriklikni davom ettiradi

25.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Xon Nam Ki bilan videokonferensiya shaklida muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni biznes-forumi va O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

24.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 23-yanvar kuni Buxoro shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni biznes-forumi va O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha elchisi bilan muloqot o‘tkazdi

23.01.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov, Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha elchisi, BMTning Jenevadagi doimiy vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Rita French va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bosh vazir o‘rinbosari Ispaniya qiroli Filipp IV qabulida bo‘ldi

22.01.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Ispaniyaga tashrifi doirasida qirol Filipp VI qabulida bo‘lib, u bilan yuzma-yuz muloqot qildi.  

Moliya vazirligi xalqaro investorlar bilan global videokonferensiya o‘tkazdi

22.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi
Joriy yilning 20-yanvar kuni Moliya vazirligi tomonidan “Raiffeisen Bank International” bilan hamkorlikda 30ga yaqin xalqaro investorlar ishtirokida global videokonferensiya tashkil etildi.