O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

UNWTO Bosh kotibi: “O‘zbekiston tajribasi butun dunyo maktablari uchun alohida darslik yaratishga turtki bo‘ladi”

2021-01-20 | Turizm

Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonning turizmni bolalikdan boshlashga doir tashabbusini yuqori baholab, ushbu tashabbusni butun dunyo mamlakatlari maktablarida alohida fan sifatida kiritish va sohaga oid darslik yaratishga turtki bo‘lishini taʼkidladi.   

Pololikashvili bu haqida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning Ispaniyaga tashrifi doirasida o‘tgan uchrashuvda maʼlum qilgan. Aziz Abduhakimov BTT Bosh kotibiga bugungi kunda O‘zbekiston aholisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida turizm madaniyatini shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. “O‘zbekistonda yoshlar orasida sohaga qiziqish uyg‘otish maqsadida mamlakat bo‘ylab umumtaʼlim maktablarida joylashga mo‘ljallangan turistik xarita yaratildi.

Shu bilan birga, bolalikdan sayohat madaniyatini shakllantirishga yordam beruvchi "Yosh sayyoh" qo‘llanmalari ishlab chiqildi. Maktablarda o‘quv dasturiga "Turizm soati" kiritilmoqda”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi amaliy ishlar UNWTO Bosh kotibida katta qiziqish uyg‘otdi.

"Turizmni rivojlantirishni bolalardan boshlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi UNWTO hamkorligida butun dunyo mamlakatlarining boshlang‘ich maktablari uchun alohida fan joriy qilish va darslik yaratishga turtki bo‘ladi. Bu fanni Osiyoda ilk bor O‘zbekiston maktablarida sinovdan o‘tkazishni taklif qilaman", - dedi Pololikashvili.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться