O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi chegaraoldi viloyatlari rahbarlari va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

10.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 8-dekabr kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi A.Novikov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Farovonlik sari sheriklik masalalari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo muloqoti” virtual Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi

09.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-dekabr kuni “Farovonlik sari sheriklik masalalari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo muloqoti” virtual Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. 

Sog‘liqni saqlash vaziri Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

09.12.2020Sog‘liqni saqlashManba: “Dunyo” axborot agentligi

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga tayanib.

Jamshid Xodjayev Markaziy Osiyo mamlakatlari Qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan muloqotda bo‘ldi

09.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

8-dekabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari Qishloq xo‘jaligi vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi «Raqamli qishloq xo‘jaligi: imkoniyatlar va muammolar» mavzusida o‘tkazilib, videokonferensiya formatidagi uchrashuvda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishtirok etdi.

Qozonda “Made in Uzbekistan” “roud-shou”ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi

04.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 1-2 dekabr kunlari Qozon shahrida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning biznes missiyasi – “Made in Uzbekistan” roud-shouning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan oʻzaro hamkorlik sohalarini yanada kengaytirish yuzasidan onlayn uchrashuv

04.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 3-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri va Oʻzbekistondagi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) rahbari Miyazaki Suguru va Hiroki Katayama oʻrtasida hamkorlik loyihalarini koʻlamini kengaytirish boʻyicha onlayn suhbat boʻlib oʻtdi.

AQShning O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Daniel Rozenblum bilan AQSH va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida texnik hamkorlik bo'yicha onlayn suhbat

03.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2020-yil 2-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri - Jamshid Qo'chqorov va AQShning O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Deniel Rozenblyum bilan AQSH tomonidan taklif qilinayotgan texnik hamkorlik to'g'risida onlayn suhbat bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston-Hindiston: madaniy-gumanitar hamkorlikning yangi bosqichi

02.12.2020MadaniyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbek va hind xalqlarining azaliy do‘stlik aloqalari so‘nggi yillarda yangicha surʼat va mazmun kasb etib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning barcha jabhalari, jumladan, madaniy-gumanitar sohada izchil rivoj topmoqda.

Belarus kompaniyalari O‘zbekistonda eko-uylar qurishga qiziqish bildirishmoqda

01.12.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.  

O‘zbekiston – Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi majlisi

01.12.2020IqtisodiyotManba: O'zA

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston – Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisi videokonferensaloqa shaklida tashkil etildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat rahbarlarining o‘rinbosarlari ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

28.11.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kecha  Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Roman Sklyar bilan ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

27.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov bilan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri P.Siyyarto o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumida ishtirok etdi

26.11.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 13-hamkorlik forumida ishtirok etdi.

Biznes-netvorking - Oʼzbekiston-Italiya savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish vositasi sifatida

25.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 11-dekabr kuni videokonferensiya shaklida “Italiya – Oʼzbekiston” biznes-forumi boʼlib oʼtadi. 

KOSTAT vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi

25.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Joriy yilning 24- noyabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti Komissiоneri janob Shin-Wook Kang boshchiligidagi KOSTAT vakillari bilan onlayn tarzda uchrashuvi tashkil etildi.

Jahon Banki va Osiyo Infratuzilma Investisiyalari Banki (OIIB) moliyaviy ko‘magi bilan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha ma'lumot

24.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2020-2024 yillarda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Loyihada O‘zbekistonning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 300 dan ortiq qishloqlari ishtirok etib, mazkur aholi punktlarida asosiy ijtimoiy infratuzilma sifatini yaxshilash uchun mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Dunyo universitetlarining global reyting (QS) baholash bo‘yicha asoschisi Nunsio Kvakvarelli ishtirokidagi uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta'lim tizimi taqdim etildi

24.11.2020FanManba: “Dunyo” axborot agentligi

Dunyo universitetlari global reyting agentligi (QS Quacquarelli Symonds Ltd.) asoschisi va prezidenti Nunsio Kvakvarelli bilan onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi manbasiga asoslanib.

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakiliga yuqori diplomatik martaba berildi

22.11.2020SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, mamlakatimizning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimovga Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasi berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O'zaro hamkorlikning yangi yo'nalishlari

20.11.2020Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Joriy yilning 19-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi va Ukraina Milliy politsiyasi xalqaro hamkorlik Departamenti boshliqlarining ikki davlat vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik yo'nalishlari va o'zbek-ukrain idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etish va ikki davlat shartnoma-huquqiy bazasi muhokamasiga bag'ishlangan videokonferentsaloqa uchrashuvi bo'lib o'tdi.