O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ilmiy dasturi asosida 23 ta loyiha moliyalashtiriladi
2021-01-08 | Fan
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida eʼlon qilingan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Innovatsion rivojlanish vazirligi manbasiga ko‘ra, tanlovga jami 137 ta loyiha kelib tushdi.
O‘zbekiston va Hindiston o‘trasida hamkorlikdagi ilmiy loyihalar tanlovi to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, 23 ta loyiha moliyalashtirishga kelishilgan. Shu sababli, ikki tomonlama hamkorlik doirasida bajarilishi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari bo‘yicha Hindiston Fan va texnika vazirligi ilmiy-texnik loyihalar ekspertizasi natijalarini rasmiy xat bilan vazirlikka taqdim qildi.
Unga ko‘ra, eng yuqori ball olgan 23 ta loyihani moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi