O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston elchilari Toshkent shahridagi “Texnopark” faoliyati bilan tanishdilar

2021-01-12 | Iqtisodiyot

Ayni paytda  O‘zbekistonda bo‘lib turgan mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari  kuni kecha ishlab chiqarish imkoniyatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, eksport salohiyati va 2021-yilgi rejalar bilan tanishish maqsadida poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “Texnopark”ga tashrif buyurdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbirlari Muzaffar Kamilov va Anvar Ilyasov (suratlar).

Bugungi kunda, 100 gektardan ziyod maydonni egallagan “Texnopark” hududida 7 ta zavod ishga tushirilgan. Xususan, bu yerda gaz hisoblagichlari, muzlatgichlar, sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari, suv nasoslari, qolip va shtamplar, liftlar hamda eskalatorlar ishlab chiqarilmoqda.

Taʼkidlash joizki, 2019-yilda barcha ishlab chiqarish quvvatlarining ochilish marosimida qatnashgan davlatimiz rahbari joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, korxonalarni ishga tushirish va faoliyatiga yosh mutaxassislarni tayyorlash va jalb qilish muhimligini taʼkidlagan edi.

Ishlab  chiqarish jarayoni bilan tanishish “Osten” brendi ostida yo‘lovchi, shifoxona, yuk hamda panoramali liftlar va eskalatorlar ishlab chiqarish jarayonini kuzatishdan boshlandi. Korxonada bir yilda 2000 dona lift va 500 eskalator ishlab chiqariladi. Loyiha «Shanghai Mitsubishi» kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Diplomatlarning navbatdagi manzili, Italiyaning «Pietro Fiorentini» kompaniyasi bilan birgalikda “Osten”  brendi ostida ishlab chiqarilgan zamonaviy gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish liniyasi bo‘ldi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi 500 ta ish o‘rni yaratishga imkon berdi.  Korxonaning yillik quvvati  3 million donani tashkil etadi.

Shundan keyin, diplomatlar  “Samsung” brendi ostidagi muzlagichlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar. Ushbu korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1 million dona sovutgichdan iborat. Bu yerda  ishlab chiqarish jarayoni 70 foiz avtomatlashtirilgan. Faqatgina jarayonlarni boshqarish va tarkibiy qismlarni yig‘ishda inson mehnati talab etiladi. Bu har 19 soniyada bitta tayyor mahsulot ishlab chiqarishga imkonini beradi. Korxona zamonaviy laboratoriya bilan jihozlangan, sifat nazorati davri 7 soniyani tashkil qiladi. Barcha natijalar  markazlashtirilgan maʼlumotlar markazida saqlanadi. Bir vaqtning o‘zida to‘rt xil turdagi sovutgich ishlab chiqarish imkoniyati tufayli loyihaning Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q. Hozirgi kunda, “Texnopark”da 10 turdagi va modifikatsiyadagi 42 xil muzlatgich  ishlab chiqarmoqda.

Tur davomida  elchilarga mintaqada yagona bo‘lgan yana bir loyiha — suv nasoslari ishlab chiqarish  korxonasi imkoniyatlari taqdim etildi. Ushbu loyihaning yillik quvvati 550 ming donani tashkil etadi. Ayni paytda bu yerda 200 kishi doimiy ish o‘rinlari bilan taʼminlangan. Loyiha sanoatning yetakchi ishlab chiqaruvchilari «LEO Group of Companies» (Xitoy) va ֿ«Atlas Copco» (Shvetsiya) bilan hamkorlikda yo‘lda qo‘yildi.

Sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlarini ishlab chiqarish sexida “Shivaki” brendi ostida mahsulotlar  tayyorlanoqda. Korxoning ishlab chiqarish quvvati yiliga  80 ming dona. Ayni paytda maishiy suyuq sovutgichlari, ventilyator lentalari, kanal tipidagi konditsionerlar, kassetali konditsionerlar va havoni boshqarish moslamalari (AHU) kabi sanoat korxonalari uchun maishiy texnikalarlar  ishlab chiqarilyapti.  

Mamlakatmizning xorijiy davlatlardagi  diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek,  qolip va shtamplar ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. “Sodick” (Yaponiya),  «Istanbul Makina» (Turkiya) va «Wilhelm Oberste-Beulmann GmbH & Co.KG» (Germaniya) kabi hamkorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur korxonaning yillik quvvati 200 donadan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Zavodning afzalliklari har qanday murakkablikdagi shtamplarni tayyorlash, yuqori sifatli materiallar va jihozlardan foydalanishdir.

Taqdimotda, shuningdek, 2021-yil oxiriga qadar, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yana 8 ta yirik investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilayotgani taʼkidlandi. Barcha loyihalarni ishga tushirish natijasida, 10 mingga yaqin ish o‘rinlarini yaratiladi.

Natijada 16 ta sanoat tarmog‘ini, shuningdek, logistika markazini birlashtirgan “Texnopark”, Markaziy Osiyoda ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirilgan ko‘plab sanoat, texnik, elektron, qurilish va maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng ilg‘or va istiqbolli kompleksga aylanadi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться