O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va UNWTO bosh kotibi Toshkent viloyatida global investitsiyaviy forum o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi

2021-01-19 | Turizm

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov kecha Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston turizm tarmog‘ining zamonaviy rivojlanishiga oid maʼlumot taqdim qilindi. Bugun soha tubdan isloh qilinayotgani, bundan ko‘zlangan maqsad turizmni milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo‘nalishiga aylantirish ekani qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan «Uzbekistan: safe travel guaranteed» sanitariya-gigiyenik protokoli, chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish tartibi, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti va ushbu sohaga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Taʼlim turizm sohasini yana-da rivojlantirish va qayta tiklash jarayonida muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Tomonlar O‘zbekistondagi sohaga oid kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini sertifikatlash mezonlarini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi. Ushbu chora sayyohlik tarmog‘ida milliy kadrlarning kasb standartlari va mahoratini oshirish, shuningdek, professional kadrlarning ushbu yo‘nalishdagi jahon bozoriga faol kirishiga imkon beradi.

Suhbatdoshlarning fikriga ko‘ra, hamkorlikning yana bir yo‘nalishi turizm sohasiga sarmoyalarni jalb qilishni qamrab olishi kerak.

UNWTO Bosh kotibi Toshkent viloyati sayyohlik salohiyati, xususan, Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, O‘zbekiston pandemiya davrida turizmga sarmoya kiritishda davom etayotgan kam sonli davlatlardan biri ekanini qayd etdi.

Tomonlar 2021-yil iyun oyida (jahondagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda) Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida UNWTO shafeligida global investitsiyaviy forum o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Zurab Pololikashvili UNWTO Italiya bilan birgalikda birinchi bolalar sayyohlik forumini tashkil qilishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi hamda ushbu anjumanda yosh sayyohlarni tarbiyalash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi taqdimotini o‘tkazish taklifini ilgari surdi. 2022-yil ikkinchi bolalar sayyohlik forumini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni so‘radi.

Muzokaralarda O‘zbekiston ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

UNWTO rahbari O‘zbekistonning ushbu  yo‘nalishdagi boy merosini eʼtirof etib, xalqaro tashkilot har ikki yilda bir marta ushbu mavzuda tadqiqot o‘tkazishini taʼkidladi. U respublikaning tarixiy merosini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni ushbu tadqiqotning 2021-yilda chop etiladigan navbatdagi soniga kiritishni taklif qildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться