O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Atlantic Council” kengashi vakili Andijon viloyatiga tashrif buyurdi
2021-01-18 | Turizm
AQSHning “Atlantic Council” kengashi katta ilmiy xodimi, jurnalist va yozuvchi Terrel Jermaine Starring Andijon viloyatining turizm va madaniyat sohasini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Terrel Starringning ikki kunlik sayohati Andijon shahrining Eski shahar hududidan boshlandi. U Jome meʼmoriy majmuasi, Devonaboy masjidi, “Eski shahar” dehqon bozori va Eski shahar hududidagi “Hunarmandchilik” etnografik zonasida bo‘ldi hamda tungi Andijon bo‘ylab sayr qildi.
Ikkinchi kungi sayohat davomida Terrel Starring “Qalʼa” meʼmoriy yodgorligi, “Bog‘i Bobur” madaniyat va istirohat bog‘i hamda muzeyi, “Mingtepa” arxeologik yodgorligini ko‘zdan kechirishi kutilmoqda. Terrel Starri sayohatining yakunlari va Andijon taassurotlari asosida maqolalar tayyorlaydi. Bu esa, o‘z o‘rnida, xorijlik sayyohlarning Andijon viloyatiga bo‘lgan qiziqishini orttiradi.
Maʼlumot uchun: Atlantika kengashi (ingl. Atlantic Council) — 1961 yilda Shimoliy Atlantika kengashi tashkiloti (North Atlantic Treaty Organization, NATO) huzurida asos solingan AQSH markazi. "Atlantic Council" xalqaro yetakchilarning siyosiy, biznes va intellektual forumi hisoblanadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi