O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Syurix universiteti gospitali o‘rtasida bitim imzolandi
2021-01-21 | Sog‘liqni saqlash
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilov va Syurix universiteti gospitali (Shveysariya) direktori kardioxirurgiya departamenti raisi, professor Paul Robert (Paul R.Vogt) o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda yosh mutaxassislarni tayyorlash, tadqiqotlar o‘tkazish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning Syurix universiteti bazasida kardiologiya, rentgen-endovaskulyar jarrohlik, kardiojarrohlik, elektrofiziologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda teletibbiyot sohasida ikkala markazning o‘zaro birgalikdagi harakatini tashkil etish, yuqori aortal kalapani transkateter implantatsiyasi (TAVI), stent-graftlar implantatsiyasi va yo‘nalishlarda yuqori texnologik muolajalarni o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.
Muzokaralar natijasida o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish va boshqa yo‘nalishdagi hamkorlik bo‘yicha bo‘yicha bitim imzolandi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi