Jahon banki bosh iqtisodchisi o‘rinbosari Aart Kray boshchiligida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eksklyuziv seminar o‘tkazilmoqda
Uch kunlik onlayn-seminar o‘z ishini boshladi.
Joriy yilning 13-15 yanvar kunlar Adliya vazirligi tomonidan Jahon bankining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tegishli vazirlik va idoralarning xalqaro indeks va reytinglari bilan ishlovchi xodimlari uchun “Davlat sektori boshqaruvi va islohotlari, xalqaro indekslar bilan ishlash” mavzusida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarini muallifi bo‘lmish Jahon bankining Rivojlanish bo‘yicha tadqiqot guruhi direktori va Jahon bankining bosh iqtisodchisi o‘rinbosari Aart Kraay boshchiligidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida uch kunlik onlayn-seminar o‘z ishini boshladi.
Ushbu seminarni tashkil qilish, avvalambor, tegishli vazirlik va idoralarning xalqaro indeks va reytinglari bilan ishlovchi xodimlari e'tiboriga Boshqaruv sifati indikatorlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlarni yetkazish va O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ijobiy o‘zgarishlar haqida xorijiy tomonni xabardor qilish imkoniyatini yaratdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oliy Sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etmoqda.
Tashkil qilingan seminarning birinchi kunida Boshqaruv sifati indikatorlariga oid xalqaro indeks va metodologiyalar, COVID-19 sharoitida boshqaruv va institusional islohotlar kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbirning keyingi kunlari kun tartibidan hukumat samaradorligi - davlat moliyasini boshqarish, ochiq byudjet va hisobdorlik, huquq ustuvorligi, tartibga solish sifati, oshkoralik va odil sudlov islohotlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyani nazorat qilish, sohaviy yondashuvlar va aholi fikrini inobatga olish va hisobdorlik, zo‘ravonlik mavjud emasligi kabi masalar muhokamasi o‘rin olgan.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi