O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Prezident Qatar Amirini tabrikladi

18.12.2020SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni mamlakatning Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

XMK ko'magida O'zbekistonda dializ xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha loyiha ishga tushirildi

18.12.2020Sog‘liqni saqlashManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

2020-yil 17-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yuqori sifatli dializ xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha xususiy sherikni tanlash bo'yicha xalqaro tender g'olibini - Osiyodagi eng yirik va tez rivojlanayotgan dializ xizmatlarini etkazib beruvchi - Nephroplus kompaniyasini e'lon qilish uchun matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni onlayn biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

16.12.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida qishloq xo‘jaligi sohasida onlayn biznes-forum o‘tkazildi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

16.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 15-dekabr kuni hukumat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Prezidenti Shinichi Kitaoka bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda moliyaviy, texnik, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston-Yaponiya ko‘p qirrali hamkorligining yangi istiqbollari

15.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegasiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Yaponiya tashqi ishlar vaziri Toshimisu Motegi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreyaning “SKY” telekanalida o‘zbek milliy taomlari namoyish etildi

15.12.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Janubiy Koreyada vatandoshimiz Mahmud Abdullayev tomonidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Lazzat” o‘zbek milliy restorani Koreyaning “SKY” telekanalida namoyish etildi.  

O‘zbekiston-Yaponiya: biznes-sherikchilikni mustahkamlash yo‘lida

15.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 14-dekabr kuni hukumat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yaponiya biznes federatsiyasi (Keydanren) “Yaponiya-MDH” biznes hamkorligi Qo‘mitasi kengashi raisi va “Marubeni Corporation” kompaniyasi raisi Fumiya Kokubu, “Itochu Corporation” kompaniyasi prezidenti va bosh boshqaruvchi direktori Yoshixisa Suzuki hamda “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Takexiko Kakiuchi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni faollashtirish mexanizmlari muhokama qilindi

14.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luidji di Mayo bilan videokonferensiya shaklida muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Hindistondan munosabat: “Hindiston va O‘zbekiston rahbarlarining “Virtual sammit”i davomida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjjatlar savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yana-da jadallashtirishga xizmat qiladi

13.12.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Joriy yil 11-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindiston oliy darajadagi virtual sammitini Hindiston ishbilarmon doiralari katta qiziqish bilan qarshi oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston va Hindiston rahbarlari onlayn-sammit o‘tkazdilar

11.12.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Uy xo’jaliklarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni o’rganish

11.12.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Joriy yilning 10- dekabr kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika xizmati (TurkStat) bilan hamkorlikda uy xo’jaliklarida AKTdan foydalanishni o’rganish bo’yicha seminar tashkillashtirildi.

MDHga a'zo davlatlar bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qilish tuzilmalari rahbarlari qo‘mitasining 21-majlisi bo‘lib o‘tdi

11.12.2020MDHManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi doirasida bojxona sohasida ham mintaqada hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qator muhim tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

“O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni baholash: Xalqaro reyting va indekslar” mavzusidagi II xalqaro onlayn Forumi

10.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini yanada oshirish va xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 10-dekabr kuni Moliya vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni baholash: Xalqaro reyting va indekslar” mavzusidagi II xalqaro Forumi o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari onlayn-sammit o‘tkazadilar

10.12.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, joriy yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitasida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi axboroti eshitildi

10.12.2020JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan majlisida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining millatlararo munosabatlar sohasida mavjud holat yuzasidan axboroti eshitildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

10.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) boshqaruvchi direktori F.Malij boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Qirg‘iziston Milliy kutubxonasida «O‘zbek tili izohli lug‘ati» kitobining taqdimoti o‘tkazildi

10.12.2020MadaniyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasining Bishkekdagi elchixonasi tomonidan Aliqul Osmonov nomidagi Qirg‘iziston Milliy kutubxonasida besh jildli «O‘zbek tili izohli lug‘ati» kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Qirg‘iziston Respublikasi hukumati delegatsiyasi Farg‘ona viloyatining sanoat salohiyatini o‘rganib chiqdi

10.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi chegaraoldi viloyatlari rahbarlari va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar doirasida Bosh vazir vazifasini bajaruvchisi A.Novikov boshchiligida hamda Batken, Jalolobod va O‘sh viloyatlaridagi Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining vakolatli vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi Farg‘ona viloyatining bir qator ishlab chiqarish korxonalari va ob'ektlariga tashrif buyurib, hududning sanoat salohiyati bilan tanishdi.