O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Rossiya Federatsiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
2021-01-15 | Fan
Joriy yilning 14-yanvar sanasida Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Xolmatjonov rahbarligida institut ilmiy xodimlari va Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan uchrashuv davomida Markaziy Osiyoning transchegaraviy hamda yirik daryolari gidrologik rejimi elementlarini masofaviy zondlash orqali aniqlash borasida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Manba: Gidrometeorologiya xizmati markazi