O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv

2021-01-27 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 26-yanvar kuni moliya vaziri Timur Ishmetov hamda BMT bolalar jamg'armasi (UNICEF) ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ishtirokida mamlakatimiz ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga bag'ishlangan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bizga yaxshi ma’lumki, kuchli ijtimoiy himoya – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish milliy modelining ajralmas qismidir. 2017-2021-yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasida qayd etilganidek, tizimni takomillashtirish, shu jumladan majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, aholining zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish, fuqarolarga tegishli xizmatlarni ko'rsatishda ijtimoiy xizmat ko'rsatish va davlat xususiy sherikchilikni takomillashtirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish – harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Kun tartibida yangi mamlakat dasturi va uning doirasidagi potensial hamkorlik, ijtimoiy himoya dasturi bo'yicha hamkorlik hamda milliy moliyaviy dasturni integratsiyalashuvi muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuvda tomonlar yagona ijtimoiy reyestr va ijtimoiy siyosatga alohida e'tibor qaratdilar.

O'zbekiston Respublikasi hukumati, UNICEF, XMT va BMTTD Qo'shma dasturining asosiy yo'nalishlari O'zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish milliy strategiyasini ishlab chiqish, bunday himoyani taqdim etishda samarali idoralararo hamkorlik mexanizmini yaratish va imkoniyati cheklanagn shaxslar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlarni joriy etishdan iborat ekani ta'kidlandi.

Dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi sohani rivojlantirish bo'yicha strategik tafakkurni shakllantirishga, tizimni ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalarni qiyin hayotiy holatdan olib chiqishga qayta yo'naltirishga va ularning davlat yordamiga bo'lgan qaramligini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, bu nafaqalar tayinlashning aniq mezonlarini belgilash, kam ta'minlangan oilalarni qamrab olishni kengaytirish, ijtimoiy yordam samaradorligini ma'lum bir shaxs yoki oilaning ehtiyojlariga moslashtirish orqali ijtimoiy adolat va ochiqlik tamoyillariga rioya etish, xalqaro standartlar asosida imkoniyati cheklanganlik darajasini aniqlashning aniq qoidalarini ishlab chiqish va joriy etishga yordam beradi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ijtimoiy himoya dasturlarini, ayniqsa, bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni moliyalashtirish sohasida hamkorlikni davom ettirish zarurligini ta'kidladilar. Shuningdek, sohaga oid milliy tizimni yanada takomillashtirish, sohani rivojlantirishning o'rta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish muhimligi e'tirof etildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться