O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligi xalqaro investorlar bilan global videokonferensiya o‘tkazdi

2021-01-22 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 20-yanvar kuni Moliya vazirligi tomonidan “Raiffeisen Bank International” bilan hamkorlikda 30ga yaqin xalqaro investorlar ishtirokida global videokonferensiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari O.Isakov hamda Moliya vazirligi va Markaziy bankining mas'ul hodimlari ishtirokidagi konferensiyada xalqaro investorlar mamlakat iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichlari, kutilayotgan iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli omillari, fiskal siyosat va davlat qarzi, monetar siyosat instrumentlari va ularning inflyasiyaga ta'siri yuzasidan ma'lumotlar bilan tanishtirildi. 
 
Xususan, koronavirus pandemiyasi tufayli jahon iqtisodiyotida vujudga kelgan vaziyat va qator davlatlarda iqtisodiy o‘sishning salbiy sur'atlari kuzatilayotgan vaziyatda, O‘zbekistonda dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1,6% darajasidagi iqtisodiy o‘sishga erishilgani investorlar tomonidan ijobiy e'tirof etildi.
 
Shuningdek, milliy valyutada joylashtirilgan xalqaro obligasiyalardan tushgan mablag‘larning O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha bir qator loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi, loyihalarni amalga oshirish jarayoni xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda monitoring qilib borilishi va kelajakda mazkur amaliyotni boshqa investitsion loyihalarga keng joriy qilinishi rejalashtirilgani investorlar tomonidan yuqori baholandi.
 
Telekonferensiya davomida, mamlakatda olib borilayotgan xususiylashtirish, tarkibiy va institusional islohotlar dasturini davom ettirilishi, 2021-yilgi moliyaviy rejalar va monetar siyosat bo‘yicha asosiy rejalar va maqsadli ko‘rsatkichlar yuzasidan xalqaro investorlar savollariga javob berildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться