O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Pokiston Qo‘shma ishchi guruhining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-02-01 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 1-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Hukumati delegasiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Pokiston Qo‘shma ishchi guruhining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning asosiy vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etdi. Pokiston tomoniga Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining savdo, to‘qimachilik sanoati va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud, O‘zbekiston tomoniga esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarlik qildi.
 
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, investitsiya, savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, ta'lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida O‘zbekiston – Pokiston sherikchiligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
Tomonlar investitsiya va sanoat sohasida hamkorlik qilish ko‘lamini bir necha barobar oshirish uchun muhim jihatlarni qayd etdi. Shu o‘rinda, sanoatning turli tarmoqlarida O‘zbekiston – Pokiston ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
 
Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish istiqbollari hamda O‘zbekiston va Pokistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ilgari surish mexanizmlari muhokama qilindi va shu munosabat bilan yaqin kelajakda O‘zbekiston – Pokiston qo‘shma biznes-forumini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining barqaror rivojlanishini ta'minlashda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan "Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor" temir yo‘l loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi.
 
Muhokama chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Pokiston Hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi hamda O‘zbekiston – Pokiston ishbilarmonlar Kengashining yig‘ilishini yaqin vaqt ichida o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
 
Muzokara yakunida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi Bitimni hamda ikki mamlakat standartlashtirish va sifat nazorati organlari o‘rtasida muvofiqlikni baholashni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi Bitimni imzolashga tayyorlash doirasida muhokama qilish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Tomonlar, shuningdek, Ishchi guruhining kelgusidagi faoliyati bo‘yicha ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida amaliy hamkorlikning aniq mexanizmlarini ko‘zda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться