O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Strategiyadagi muhim vazifalar belgilab olindi

2021-02-03 | Jamiyat

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida vazir Sherzod Hidoyatov hamda vazirning birinchi o‘rinbosari Sohib Saifnazarov ishtirokida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining yetakchi olim va mutaxassislari bilan video konferensiya tashkil etildi.

Ma'lumki, Rossiya Fanlar Akademiyasininig xorijiy a'zosi, iqtisod fanlari doktori, professor, akademik V.L.Kvint boshchiligida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti murakkab tizimlarning matematik tadqiqotlari institutining strategik tadqiqot markazi yetakchi olim va mutaxassislari bilan birgalikda shakllantirilgan “2035-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasida suv ta'minoti va suv chiqarishni rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasi” asosida O‘zbekistonda toza suvdan foydalanish orqali insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi suv ta'minoti, suv chiqarish va suv balansining 2035-yilgacha va uzoq istiqbollarga mo‘ljallangan Strategiyasi” ishlab chiqildi.
 
 
Ahamiyatlisi, strategiyada professor V.L.Kvint boshchiligidagi rossiyalik yetakchi olim va mutaxassislar tomonidan respublikamizning suv ta'minoti, suv chiqarish va suv balansi sohasida sifat jihatidan yangi kelajakni ko‘zlovchi, mavjud resurslar va raqobatbardosh ustunliklarga tayangan holda mamlakatimiz aholisining hayoti va salomatligini yaxshilashga qaratilgan innovatsion yechimlar taklif etilgan.
 
Bo‘lib o‘tgan tadbirda aynan mazkur yo‘nalishga oid istiqboldagi reja va vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tilib, o‘zaro fikr-mulohaza almashildi. 
 
Shuningdek, strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar  ham tadbir qatnashchilarining diqqat markazida bo‘ldi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Поделиться