O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Janubiy Koreya ko‘p qirrali sheriklikni davom ettiradi

2021-01-25 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Xon Nam Ki bilan videokonferensiya shaklida muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muhokama kun tartibiga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar asosida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va moliya-iqtisodiy hamkorlikning joriy masalalari va istiqbollari, shuningdek, 2020-yilda o‘tkazilgan qo‘shma tadbirlar natijalari kiritildi. Janubiy Koreya tomonining fikriga ko‘ra, ushbu muzokaralar hukumat darajasida mazkur yil boshidan buyon o‘tkazilgan birinchi shunday tadbirdir.
 
Janubiy Koreya tomoni investisiya sohasida mavjud bo‘lgan barcha kelishuvlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga sodiqligini bildirdi. Ayni paytda energetika, neft'-gaz sektori, kimyo, elektrotexnika va farmatsevtika sanoati, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim va turizm sohalarida yangi investisiya loyihalari to‘plami shakllangani ta'kidlandi. Ushbu loyihalar bo‘yicha aniq tashabbuskorlar, moliyalashtirish manbalari va ruyobga chiqarish muddatlari aniqlab bo‘lingan.
 
Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” farmasevtika klasterini barpo etish, ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazi, ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti - Kimyo texnologiyalari markazini yaratish, Buxoro neft'ni qayta ishlash zavodi va Muborak IEMni modernizasiya qilish va qayta tiklashdan iborat qo‘shma va boshqa bir qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
 
Alohida tartibda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi (EDCF) O‘zbekiston bilan umumiy qiymati 1 mlrd dollarga teng bo‘lgan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturiga muvofiq hamkorlik qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Dastur doirasida ustuvor loyihalar belgilab olingan. Janubiy Koreya tomoni yaqin kelajakda loyihalarning amaliy tatbiqiga o‘tish maqsadida ularni kelishish jarayonlarini tezlashtirishga tayyorligini ma'lum qildi.
 
Tomonlar savdo to‘siqlarini olib tashlash hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tovarlarining ikki mamlakat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar ko‘rish orqali o‘zaro savdo aylanmasini oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Har ikki taraf o‘zaro savdoni diversifikasiya qilish va uning hajmlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha qo‘shma amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bayon qildilar.
 
Tomonlar keng ko‘lamli sohalarda hamkorlikning asosiy shartlari va tamoyillariga e'tibor qaratdilar. Jumladan, O‘zbekiston va Koreyada ishlab chiqilgan mahsulotlarning ikki mamlakat bozorlariga kirishini ta'minlash, o‘zaro savdodagi nomutanosiblikni bartaraf etish mexanizmlari, Koreya tomonining O‘zbekistonni jadal sanoatlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va turli sohalarda ilg‘or Koreya texnologiyalarini joriy etishda amaliy yordamining aniq choralarini o‘z ichiga oladigan barqaror savdo-iqtisodiy sheriklik to‘g‘risida bitimni tuzish masalasida muzokara jarayonini boshlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
 
Shuningdek, kun tartibida moliya-texnik sohasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi - Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning grant mablag‘larini jalb etgan holda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi va ularni kelishish, tasdiqlash va hayotga tatbiq etish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar rejalashtirildi.
 
Janubiy Koreya tomoni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha chora – tadbirlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak ko‘rsatishda davom etishi ma'lum qilindi. Jumladan, 25-yanvar kuni Koreya Hukumati O‘zbekistonda “COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha grant ajratishga qaror qildi.
 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va O‘zbekistonda sanoatni raqamlashtirish borasida Janubiy Koreya tajribasini joriy etish muzokaralarning muhim qismi bo‘ldi. Yaqin kelajakda innovasion tarmoqlar, fermer xo‘jaliklari, “aqlli” shaharlar, raqamli sog‘liqni saqlash xizmatlarini joriy etish va inson resurslarini rivojlantirishni qamrab olgan raqamlashtirish sohasida hamkorlik Memorandumi imzolanishi kutilmoqda.
 
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga, jumladan, Koreya xalqaro iqtisodiy siyosat instituti ekspertlarini jalb etish amaliyotini kengaytirishga kelishib olindi. Ekspertlar O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun treninglar o‘tkazishni boshab yuborgan.
 
Videokonferensiya yakunida belgilangan loyiha va tashabbuslar doirasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Barcha sohalardagi ishlar tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ikki mamlakat ekspertlari darajasida videokonferensiyalar shaklida faol davom ettiriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться