O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha elchisi bilan muloqot o‘tkazdi

2021-01-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov, Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha elchisi, BMTning Jenevadagi doimiy vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Rita French va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ombudsman matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida muhim tashabbuslar ilgari surilgani, jumladan, Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Vakil vakolatlari kengaytirilgani, qonunchilikka muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani taʼkidlandi.

Shuningdek, Ombudsman huzurida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm yo‘lga qo‘yilib, bu orqali Jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari va boshqa yopiq muassasalarda inson huquqlarining taʼminlanishi bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatilgani alohida qayd etildi.

Vakil Kotibiyati mudiri Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha Ombudsman boshchiligida har chorakda Milliy preventiv mexanizm doirasida tergov izolyatorlari va jazoni ijro etish muassalarida monitoringlar o‘tkazib borish hamda har yili Vakil tomonidan Parlamentga qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha maʼruzasini taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatma berilganiga eʼtibor qaratdi.

Onlayn-tadbirda Rita French Ombudsman instituti O‘zbekiston hukumati va parlamenti tomonida qo‘llab-quvvatlanayotgani barobarida u o‘zining xalqaro pozitsiyasini mustahkamlab, 2020 yilda Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi tomonidan “B” maqomga ega bo‘lganini yuqori baholadi.

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda Ombudsman instituti faoliyatidagi ijobiy maʼnodagi tub burilishlar va rejalashtirilayotgan islohotlarning amalga oshirilishi uning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini yana-da mustahkamlashiga tilak bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, «Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida»gi qonun loyihasini xalqaro talablar darajasida ishlab chiqish va  2020-yilda Vakil nomiga yuborilgan murojaatlar tahlili xususida so‘z yuritildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться