O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon bankining taraqqiyot siyosati va hamkorlik aloqalari bo'yicha boshqaruvchi direktori bilan onlayn uchrashuv
2021-02-05 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 4-fevral kuni Jahon bankining taraqqiyot siyosati va hamkorlik aloqalari bo'yicha boshqaruvchi direktori Mari Pangestu (http://bit.ly/2MWOE24) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Kuchkarov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jayev, shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakovlar o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tomonlar Jahon bankining tahliliy, tadqiqot va maslahat mahsulotlari va xizmatlarining mamlakatda islohotlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda tutgan o'rni haqida suhbatlashdilar.
Bankning turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi moliyaviy-texnikaviy ko’magi ham ishtirokchilar tomonidan tahlil qilindi. Masalan, kambag’allikni qisqartirish va qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish sohalarida. Yuqorida aytib o’tilgan mahsulotlar va xizmatlar O’zbekistonda raqobatbardosh hamda barqaror bozor iqtisodiyoti shakllanishida o’z hissasini qo’shayotganligi ta’kidlandi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi