O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonga Afg‘oniston delegatsiyasi muzokaralar o‘tkazish uchun keldi
2021-01-30 | Iqtisodiyot
Bugun O‘zbekistonga Afg‘oniston Prezidenti administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgar va tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Tashrif dasturiga binoan Toshkentda tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, transport, energetika, oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirliklarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Afg‘oniston delegatsiyasi Samarqand shahriga ham tashrif buyuradi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi