O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya
ICESCO Bosh direktori bilan muzokaralar to‘g‘risida 05.08.2020FanManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi2020-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov videokonferensiya shaklida Islom olami fan, ta’lim va madaniyat masalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) Bosh direktori Salim al-Malik bilan muzokaralar o‘tkazdi. |
5G telejarrohlik amaliyotini qoʼllashga imkon beradi 03.08.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi5G hozirgi mobil internet tezligidan kamida 10 barobar va undan yuqori tezlikda maʼlumotlar uzatmasini amalga oshiradi. Xoʼsh, bu misli koʼrilmagan internet tezligi bizga, umuman insoniyatga nima beradi? Yashash tarzimizni qay tomonga oʼzgartirishi mumkin? Bunga albatta misollar talaygina. Yuqori tezlikdagi mobil internet kundalik yashash tarzimizda keng qoʼllanilishi kutilmoqda. 5Gning eng asosiy xaridorlaridan biri bu — meditsina sohasidir. Аyni damda baʼzi mamlakatlarda shu soha vakillari va shifokorlar tayyor 5G stantsiyalari va tegishli prototiplar hamda robotlar yordamida telemeditsina ustida izlanishlar olib borishmoqda. |
20.07.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʼyi xalqaro Innovatsiya markazi tomonidan «Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʼyi xalqaro Innovatsiya markazi faoliyatini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish» loyihasining dastlabki bosqichida olib borilgan ishlarga bagʼishlangan seminar oʼtkazildi. |
Xitoyning “Innoway” kompaniyasi bilan muzokaralar oʼtkazildi 20.07.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi17 iyul kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Xitoyning “Innoway” kompaniyasi oʼrtasida video-konferents aloqa orqali uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshligʼi Аbbos Boboxonov kompaniya vakilining vazirlik bilan hamkorlik oʼrnatishga qiziqish bildirgani uchun minnatdorchilik bildirib, hozirgi kunda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar boʼyicha maʼlumotlar berdi. “Innoway” kompaniyasi bosh direktori Ni Lishia (Nie Lixia) kompaniyaning innovatsiya va IKT sohasidagi yutuqlari hamda kelajak uchun rejalari bilan oʼrtoqlashdi. |
Vazir 3D printerni kimga sovgʼa qildi? 09.07.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi2020-yil mart oyida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Аndijon Davlat Universitetida yosh olimlar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari ishtirokida uchrashuv oʼtkazdi. Innovatsion rivojlanish vaziri barcha savollarga javob berib, mavjud muammolarni yechishda koʼmak berilishini, yurtimiz ilm-fani va innovatsion rivojiga hissa qoʼshish yoʼlida mehnat qilayotgan olimlar va tadqiqotchilar vazirlik tomonidan qoʼllab-quvvatlanishini alohida taʼkidladi. |
07.07.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi 6 iyul kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Hindistonning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Janing Oʼzbekistondagi missiyasining yakunlangani munosabati bilan qabul qildi. Qabul davomida oʼtgan davr mobaynida vazirlikning hindistonlik hamkorlar bilan amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi. |
Ilmiy-texnik kengashlar rahbarlari bilan uchrashuv oʼtkazildi 06.07.2020FanManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi3-iyul kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi fan yoʼnalishlari boʼyicha Ilmiy texnik kengashlar (ITK) rahbariyatining vazir Ibrohim Аbdurahmonov raisligida majlisi boʼlib oʼtdi. Majlisda ITK raislari, rais oʼrinbosarlari va ilmiy kotiblari ishtirok etdilar. |
«Pandemiyaga qarshi kurashda Innovatsiya va Smartcity» onlayn anjumani 03.07.2020InnovatsiyaManba: Toshkent shahar hokimligiAyni paytda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Poytaxtlar va yirik shaharlar xalqaro assambleyasining «Pandemiyaga qarshi kurashda Innovatsiya va Smartcity» mavzusidagi onlayn anjumanida ishtirok etmoqda. |
03.07.2020FanManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga va Ekspert guruhining 2020-yil 29-iyundagi 1-son yig‘ilish bayoni qaroriga muvofiq quyidagilarni ma’lum qiladi. |
Yoshlarga taʼlim berish platformasi — “TexnoBus” ishga tushirildi 02.07.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligiRespublikamizning chekka hududlarida mamlakatimiz rivojlanishi uchun muhim boʼlgan sohalarga qiziquvchi yoshlarga taʼlim berishga moʼljallangan “TexnoBus” texnologik mobil taʼlim platformasiga Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Oybek Norinboev tomonidan 30-iyun – Yoshlar kunida start berildi. |
Yosh robototexniklar aniqlandi 30.06.2020TexnologiyalarManba: O'zAQarshi shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Robo futbol” musobaqasi oʻtkazildi. Unda 16 nafar isteʼdodli yosh robototexniklar bosh sovrin uchun kurashdi. |
Oʼzbek ayol elchisining ilk rasmiy uchrashuvi Innovatsion rivojlanish vazirligida boʼldi 30.06.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi29-iyun kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Oʼzbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi Feruza Mahmudova bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar Isroil davlati va Oʼzbekiston Respublikasi oʼrtasidagi ilm-fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. |
Yoshlar akademiyasi – innovatsion kelajak binokorlari 30.06.2020Innovatsiya2019-yilning sentabr oyida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi tashkil etilgan boʼlib, ushbu akademiyaning asosiy maqsadlaridan biri respublikamizning barcha hududlaridagi iqtidorli yoshlarni izlab topish hamda ularni mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim boʼlgan sohalar boʼyicha amalga oshirayotgan loyihalarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratishdan iborat. |
Zilzila epitsentri yo‘nalishini aniqlovchi seysmoskop 29.06.2020FanManba: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiTaklif qilinayotgan seysmoskop zilzila paytida seysmik to‘lqinlar yo‘nalishini aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, seysmologiyada, muhandislik-seysmometrik stantsiyalarda, zilzilalarning turli tuzilmalarga ta’sirini o‘rganish uchun ishlatilishi mumkin. |
Grant asosida moliyalashtirilgan ilmiy loyihalar monitoringi davom etmoqda 29.06.2020FanManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligiMilliy ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish usullaridan biri tanlov asosida moliyalashtirishdir. Ilmiy jamoatchilik va mustaqil ekspertlarning fikricha, grant loyihalari tanlovlari — moliyalashtirishning eng shaffof turi sanaladi. Grant tizimi nafaqat malakali ilmiy ekspertiza orqali istiqbolli loyihalarni saralab olish, balki ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini nazorat qilishning samarali vositasi hisoblanadi. |
28.06.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Tottori Universiteti professori Kristina Toderich hamkorligida SATREPS-2020 (Yaponiya) tanloviga taqdim etilgan loyiha moliyalashtirishga tasdiqlandi. |
Klinikalarni loyihalashtirishda xorijiy tajribani oʻrganish muhim 12.06.2020SiyosatManba: O'zAPrezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “NANO Medical Clinic” koʻp tarmoqli shifoxona faoliyati bilan tanishdi. |
Prezident Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi 12.06.2020SiyosatPrezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumani Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi binosini borib koʻrdi. |
Butunjahon ijodkorlik va innovatsion faoliyat kuni muborak! 21.04.2020InnovatsiyaBarcha sohalardagi bilimlarni saqlash, koʻpaytirish va tarqatish yoʻli bilan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, jumladan aqliy faoliyat bilan shugʻullanadigan har qanday yoʻnalishlarda millatlararo hamkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 21-aprelni Butun jahon ijodkorlik va innovatsion faoliyat kuni deb eʼlon qilgan. |