O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya
Qishloq xo‘jaligi vaziri yosh olimlar va tadqiqotchilar bilan uchrashdi 27.02.2020IqtisodiyotMamlakatimizda 2020-yil - “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Yil nomidan kelib chiqqan holda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohasida ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalarida o‘zaro fikr almashish maqsadida vazir Jamshid Xodjayev tizimda faoliyat ko‘rsatayogan yosh olim va tadqiqotchilar bilan uchrashdi. |
27.02.2020Fan Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev OʻzR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti yosh olimlari bilan uchrashuvida Orol dengizining suvi qurigan hududlarida ekologik muhitni barqarorlashtirish hamda tabiiy muvozanatni tiklash maqsadida “Yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etilayotgani va Moʻynoq shahrini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilayotgani xususida soʻz yuritildi. |
27.02.2020Ta’lim 26-fevral kuni Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Jahon banki akademik innovatsiyalar fondi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamkorligida “Jahon bankining akademik innovatsiyalar fondi granti asosida “Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash” loyihasining amalga oshirilish holati: natijalar, muammolar, yechimlar” mavzusida seminar tashkil etildi. |
Virtual muzeylar - milliy madaniy yutuqlarning yorqin ramzi 26.02.2020MadaniyatTurkiya Respublikasining “Topkapi” saroyida “Yangi O‘zbekistonning madaniy burchagi”ni tashkil etish masalalarini muhokama qilish, MDHga a’zo davlatlarning 2021-2022-yillarda gumanitar sohada hamkorlik bo‘yicha Tadbirlar rejasi loyihalarini hamda MDHga a’zo davlatlar madaniy meros bo‘yicha virtual muzeyi Nizomi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ekspert yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Madaniyat vazirligining delegatsiyasi 25-28-fevral kunlari Minsk shahri (Belarus Respublikasi) va 28-fevral-2-mart kunlari Istanbul shahri (Turkiya Respublikasi) da bo‘ladi. |
IT Park Startapchilar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etdi 25.02.2020TexnologiyalarDasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) O‘zbekiston venchur investitsiyalash uyushmasi bilan hamkorlikda startapchilar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etadi. |
Kimyo sanoatidagi asosiy vazifalar ko‘rsatib o‘tildi 24.02.2020SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. |
Taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish: natijalar va istiqbollar 21.02.2020InnovatsiyaJoriy yilning 19-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatida “Taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish: natijalar va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu seminar taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish natijalari va istiqboldagi rejalar mavzusiga bagʻishlanadi. |
Innovatsion rivojlanish vaziri YUNESKO vakillari bilan uchrashdi 21.02.2020Fan19-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov YUNESKO vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda YUNESKO shtab kvartirasining ilm-fan boʻlimi loyihalar boʻyicha assistenti Korneliya Tzinova, hududiy idoraning ilm-fan boʻlimi boshligʻi Kristine Tovmasyan ishtirok etdilar. Tomonlar “Oʻzbekistonda ilm-fan, texnologiya va innovatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini muhokama qildilar. |
Stomatologiyada innovatsiyalar 20.02.2020InnovatsiyaInnovatsion rivojlanish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tibbiy xizmatlarning va tibbiy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Joriy yilning 18-fevral kuni Yoshlar press-klubida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Dentals Pharma korxonasi tomonidan “Stomatologiyada innovatsiyalar” mavzusida seminar tashkil qilindi. Tadbirni Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev ochib berdi. |
19.02.2020Fan 18-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi. |
17.02.2020Innovatsiya 15-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida “Young Entrepreneurs Generator” (“YE Generator”) nomli biznes-inkubator oʻz faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan uning ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. |
Meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi 14.02.2020SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. |
“Oroldagi bogʻim” agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi 14.02.2020Fan“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” prezident qarori 2020-yilning 12-fevralida qabul qilindi. |
13.02.2020Innovatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan Islom taraqqiyot banki, Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) va oʻtkazilgan tanlov natijasi boʻyicha faoliyati yuqori baholangan “KPMG Audit” MCHJ vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. |
Respublikamizda ilk marotaba tik quduqlarni “onlayn rejim”da masofadan boshqarish joriy etildi 12.02.2020InnovatsiyaFarg‘ona viloyatida respublikamizda ilk marotaba tik quduqlarni “onlayn rejim”da masofadan boshqarish joriy etildi. O‘rnatilgan avtomat qurilmalar elektr energiyasini tejash, avariya holatlarini oldindan aniqlash, begona shaxslar tomonidan quduqdagi nasosning yoqib-o‘chirilishiga chek qo‘yish, yog‘ingarchilik sharoitida ham xodimlarning ortiqcha vaqt sarfini va suv behuda isrof bo‘lishini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, dispetcher xonasidan bir vaqtning o‘zida bir nechta tik sug‘orish quduqlarini boshqarish imkonini beradi. |
O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligidan yangi imkoniyat 12.02.2020TexnologiyalarPrezidentimizning 5 ta muhim tashabbusidan biri bo‘lgan 3-tashabbusi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish, yoshlarimizning dasturlashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlov e'lon qiladi. |
O‘zbekistonda birinchi marta robototexnika bo‘yicha "RoboTech" respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi 12.02.2020TexnologiyalarIT Park huzuridagi IT-markaz, Revochain Technology MChJ bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida, maktab o‘quvchilari orasida O‘zbekistonda birinchi robototexnika tanlovi –“RoboTech” o‘tkazilishini e’lon qiladi. |
Yurtimizda 2020-yilda 500 dan ziyod ilmiy tadbirlar tashkil etiladi 10.02.2020FanMamlakatimiz ilm-fani nufuzini yana-da oshirish, ilmiy jamoatchilik faoliyatini yana-da takomillashtirish, yoshlarni fanga qiziqishini orttirish, tadqiqotchilar oʻrtasida bilimlar almashinish, ularning malakasini oshirish maqsadida yurtimizda qator xalqaro va respublika miqyosida ilmiy-tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirildi. |
“TECHDAY” — Xalqaro robototexnika kuniga bagʻishlangan tadbir 10.02.2020InnovatsiyaJoriy yilning 7-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “TECHDAY” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. |