O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vaziriga Obuda Universiteti Faxriy professori unvoni berildi

02.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Vengriyaning Obuda Universitetiga tashrif buyurishdi. 

Olimlarga grant sertifikatlari topshirildi

01.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

“InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 89,4 mlrd. so‘m bo‘lgan 41 ta loyihalar rahbarlariga sertifikatlar topshirildi. Sertifikatlarni olimlarga Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov taqdim etdi.

IT-Markaz tinglovchilari Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida g‘alaba qozonishdi

30.11.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

InnoWeek doirasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida IT-Park Toshkent filiali IT markazining robototexnika bo‘yicha yosh tinglovchilari g‘olib deb topildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Vengriyaga tashrif buyurdi

30.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya 29 noyabr` kuni  Vengriya Respublikasiga tashrifi boshlandi. 

“InnoWeek.Uz-2021”innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini yakunladi

29.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O‘tgan bir hafta davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi nafaqat O‘zbekiston, balki xorijiy ilm-fan namoyondalari, olimlar, tadqiqotchilar, yirik kompaniyalar uchun ilm-fan va innovatsiyalarni bir joyga jamlagan makonga aylandi. Mahalliy va xorijiy Ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida bo‘ldi. Haftalik davomida o‘tkazilgan turli tadbirlar, musobaqalar, anjumanlar va taqdimotlar tashrif buyuruvchilarda katta taassurot uyg‘otdi. 

O‘zbekiston va Tatariston vakillari venchur kapital sohasida hamkorlik memorandumini imzoladilar.

24.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

“InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekiston Innovatsiya vazirligi vakillari va Tatariston delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi boshlandi

24.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

InnoWeek.Uz-2021» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga bag‘ishlangan press-konferensiya o‘tkazildi

23.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan navbatdagi “InnoWeek-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga bag‘ishlangan press-konferensiya o‘tkazildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ko‘paytiriladi

22.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish va sohani rivojlantirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

«Rossiya-O‘zbekiston taʼlim forumi»da Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari taqdimot qildi

18.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Moskva shahrida «Rossiya-O‘zbekiston taʼlim forumi» o‘tkazildi. Forumda O‘zbekiston va Rossiya tomonidan 100 nafarga yaqin taʼlim va ilm fan-sohasi uchun masʼul vazirlik va idoralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari qatorida Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova ham ishtirok etdi.

Yashnobod innovatsion texnoparki “Biznes Inkubator” dasturini eʼlon qildi

17.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion Innovatsion rivojlanish vazirligida “Yashnobod” innovatsion texnoparkining yangi gʻoyalarni qoʻllab - quvvatlash “Biznes Inkubator” dasturining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda OTM ilmiy xodimlari va talabalar, tadbirkorlar, tashabbuskor yoshlar ishtirok etdilar.

Yashil vodorod va o‘zgaruvchan qayta tiklanuvchi energiyaga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

16.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan AQSH xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) «Kelajak energiyasi» hududiy dasturi bilan hamkorlikda 2021-yil 16-noyabrda «Yashil vodorod, o‘zgaruvchan qayta tiklanuvchi energiyaning (O‘QTE) integratsiyasi, O‘QTEdan ishlab chiqariladigan energiyaning prognozi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha Startap loyihalar tanlovi uchun loyihalar taqdim etish muddati 2021-yil 25-noyabrgacha uzaytirildi

15.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” Nizom 7-bandiga muvofiq respublika miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha startap loyihalar tanlovini e'lon qiladi.

AQSHning yirik farmatsevtika kompaniyasi tomonidan yaratilgan innovatsion yechimlar Oʻzbekistonda kardiologiya sohasiga joriy etish masalasi muhokama etildi

15.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

“Yurak-qon tomir kasalliklarining diagnostikasi va davolashda innovatsion yondashuvlar” mavzusida Kardiologlar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova, sogʻliqni saqlash vazirligi masʼul xodimlari, AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum hamda AQSHning Abbott kompaniyasi vakillari uchrashdilar.

Pekinda "Yangi koronavirusni bartaraf etish: ilm-fan masalasi" mavzusida xalqaro-innovatsion forum o‘tkazildi

12.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

“Discovery China Biotechnology Network” nashrining xabar berishicha, 1-3-noyabr kunlari XXR poytaxti Pekinda koronavirus pandemiyasiga bag‘ishlangan «Yangi koronavirusni bartaraf etish: ilm-fan masalasi» mavzusida xalqaro-innovatsion forum bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun malaka oshirish kursi o‘tkazilyapti

11.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi tomonidan respublikadagi barcha ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan onlayn malaka oshirish kursi tashkillashtirildi.

Oʻzbekistonda laboratoriya asbob-uskunalari va reagentlar saqlanadigan omborxona quriladi

11.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov LMS Consult GmbH & Co.KG kompaniyasi bosh direktori Shteffen Beurmayster bilan uchrashdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Latviya elchisi bilan uchrashdi

10.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova Latviyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.

“Yashnobod” innovatsion texnoparkining rezidenti Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi faxriy konsul etib tayinlandi

09.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Toshkent shahrida Slovakiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Faxriy konsulligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasida vodorod energetikasini rivojlantirish

03.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Butun insoniyat global isish, atrof-muhitning ifloslanishi va uglevodorod zaxiralarining kamayishi muammolariga duch kelmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish yoʻllaridan biri “yashil” vodoroddan foydalanish boʻlishi mumkin. Shunga koʻra, keyingi yillarda bu sohaga qiziqish sezilarli darajada oshdi. Rivojlangan mamlakatlar vodorod energetikasini rivojlantirishga katta kuch va mablagʻ sarflamoqda.