O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zilzila epitsentri yo‘nalishini aniqlovchi seysmoskop

2020-06-29 | Fan

Taklif qilinayotgan seysmoskop zilzila paytida seysmik to‘lqinlar yo‘nalishini aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, seysmologiyada, muhandislik-seysmometrik stantsiyalarda, zilzilalarning turli tuzilmalarga ta’sirini o‘rganish uchun ishlatilishi mumkin.

Taklif etilayotgan seysmoskopning ahamiyatli tomoni shundaki qurilma kordinal nuqtalarda joylashgan geografik yo‘nalishlarga mos keladigan svetodiod nurlanish orqali zilzila epitsentri yo‘nalishini aniqlab, yuqori sezuvchan seysmograflardan foydalanmasdan va murakkab hisob-kitoblarga murojaat qilmasdan tezroq aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga, mantiqiy elementlar va elektromagnit rele asosiga qurilgan seysmoskopning elektron sxemasi zilzila paytida elektron kalit blokining ishga tushush vaqtidan tashqari deyarli elektr energiyasini iste’mol qilmaydi va shuning hisobiga uzoq vaqt avtonom quvvat manbaidan foydalanib, ishlashi mumkin.

Seysmoskop ishlash printsipi quyidagicha tashkil etilgan: zilzila sodir bo‘lganda mayatniklar muvozanatdan chiqib, silkinishni boshlaydi hamda mayatniklarning elektrodlar bilan aloqa qilishida +5 voltli kuchlanish elektron kalit blokiga kiradi.

Zilzila epitsentri yo‘nalishini aniqlovchi seysmoskop tarkibiga korpusning ustki plitasida elastik po‘lat sterjenda mahkamlangan tebrangich kiradi. Seysmoyskop shu bilan farqlanadiki, u qo‘shimcha tebrangichga ega bo‘lib, uning inert massasi ustki va pastki elektrodlar o‘rtasida o‘rnatilgan shar ko‘rinishida bajarilgan.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutiga “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra IAP 06180 raqamli patent berildi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi

Поделиться