O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh robototexniklar aniqlandi

2020-06-30 | Texnologiyalar

Qarshi shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Robo futbol” musobaqasi oʻtkazildi. Unda 16 nafar isteʼdodli yosh robototexniklar bosh sovrin uchun kurashdi.

– Bizning robototexnika toʻgaragimiz Qarshi shahridagi “Nasaf ilm maskani” oʻquv maskanida bir yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda, - deydi toʻgarak rahbari Shohruh Mirzayev. – Bu yangi yoʻnalishga qiziquvchi bolalar talaygina. Mashgʻulotlarni yaqinda boshlaganimizga qaramay, shogirdlarim bilan respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻldik. Bugungi musobaqani tomosha qilgan yoshlarning koʻpchiligi bu yoʻnalishni oʻrganishga xohish bildirishdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Jamshid NORQOBILOV(surat), OʻzA

Manba: O'zA

Поделиться