O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʼzbek ayol elchisining ilk rasmiy uchrashuvi Innovatsion rivojlanish vazirligida boʼldi

2020-06-30 | Innovatsiya

29-iyun kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Oʼzbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi Feruza Mahmudova bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar Isroil davlati va Oʼzbekiston Respublikasi oʼrtasidagi ilm-fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Isroil davlati Yaponiya, Koreya Respublikasi va Frantsiya davlatlaridan oldinlagan holda Global innovatsion indeks boʼyicha 11-oʼrinni egallab turibdi. Isroil fan va texnika olamida dunyo boʼyicha yetakchi davlatlardan boʼlib, mamlakat YaIMning 4,3 foizi aholi tadqiqotlari va ishlanmalariga yoʼnaltiriladi. Mamlakatda har 10 000 xodimning 140 nafari olimlardan iborat boʼlib, boshqa davlatlar bilan taqqoslanganda bu koʼrsatkich Аmerika QoʼshmaShtatlarida 85 nafarni Yaponiyada esa 83 nafarni tashkil etmoqda.

Ibrohim Аbdurahmonov vazirlik faoliyati davomida Isroil bilan qator loyihalar amalga oshirilgani, xususan Nobel mukofoti laureati Dan Shextmanning Oʼzbekistonga tashrifi, Isroilning “Maya International” kompaniyasi bilan sunʼiy yoʼldosh orqali quvurlardan suv sizishini aniqlaydigan texnologiya transferi hamda havodan suv oladigan uskuna yaratuvchi “Watergen” kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari toʼgʼrisida soʼz yuritdi. Shuningdek, Innoweek 2018 innovatsion gʼoyalar haftaligida eng yaxshi startap deb topilgan Sleanbox loyihasi Isroilning nufuzli xalqaro StartHaifa tanlovida ham birinchilikni qoʼlga kiritgan.

Feruza Mahmudova yangi tayinlangan lavozimida yurtimizda ilm-fan taraqqiyoti uchun Isroilning tajribasidan foydalanishda bor imkoniyatlardan foydalanish zarurligini taʼkidladi.

— Sharafli va masʼuliyatli lavozimga tayinlanganimdan soʼng tashkil etilgan birinchi uchrashuvim Innovatsion rivojlanish vazirligida boʼlayotgani kelajakda Isroil va Oʼzbekiston oʼrtasidagi munosabatlarning rivojlanishida innovatsiyalarning oʼrni alohida ahamiyat kasb etishiga umid bagʼishlaydi, – dedi elchi xonim. – Men yurtimizning har bir farzand jahon andozalariga mos keladigan bilim egasi boʼlishini va shu bilim orqali vatanimiz ravnaqiga hissa qoʼshishini orzu qilaman.

Tomonlar Isroil davlati bilan bir nechta yoʼnalishlarda hamkorlik qilish boʼyicha takliflarni oʼzaro muhokama qildilar. Isroil davlatidagi yetakchi texnoparklar, venchur kompaniyalari bilan aloqalar oʼrnatish, yosh olimlar va mutaxassislarni Isroilning yetakchi ilmiy markazlarida qisqa muddatli stajirovkalarini tashkillashtirish, moliya tuzilmalariga raqamlashtirishni izchil tatbiq qilish shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Isroilning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari va oliy oʼquv yurtlari bilan kartografiya va geoaxborot, bioinformatika, tibbiyot va biotibbiyot, raqamlashtirish, kibernetika va axborot xavfsizligi sohalarida hamkorlikni oʼrnatish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv samimiy va doʼstona ruhda oʼtdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться