O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya
Gemodinamik qon oʼrnini bosuvchi preparat yaratildi 16.01.2020InnovatsiyaQon oʼrnini bosuvchi suyuqliklar, infuzion vositalar – davolash maqsadida qon yoki plazma oʼrniga ishlatiladigan vositalar hisoblanadi. Ular shok holatida, koʼp qon yoʼqotilganda, kamqonlik, yiringli Septik kasalliklarda, kuyganda va boshqa(lar)da qoʼllaniladi. |
Oʻzbekistonning har bir hududida “Yoshlar texnoparki” tashkil etiladi 15.01.2020InnovatsiyaInnovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilinadi. |
«StarTTech» IT-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi 13.01.2020Texnologiyalar2020-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida “StarTTech” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda IT- Park tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirda dasturiy mahsulotlar bozorining zamonaviy tendensiyalari muhokama qilindi. |
Xitoy patent idorasi Oʻzbekiston olimlarining ishlanmasiga patent berdi 12.01.2020Innovatsiya2019-yilning dekabrida Xitoy Xalq Respublikasi patent idorasi OʻzR FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan yaratilgan paxta genlarini nokaut qilish (oʻchirish) innovatsion texnologiyasi boʻyicha patent arizasini tasdiqladi. |
Prezident Toshkent shahridagi yangi Xalq qabulxonasini ko‘zdan kechirdi 11.01.2020SiyosatShavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasida bo‘ldi. |
Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar keng joriy etiladi 08.01.2020IqtisodiyotO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni qurilish sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. |
Temuriylar tarixi davlat muzeyida Smart texnologiyalar joriy etildi 07.01.2020Texnologiyalar2020-yilning ilk kunlaridan O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Smart texnologiyalar joriy qilindi. Bu orqali Muzeyga tashrif buyuruvchilar zamonaviy interaktiv vositalar yordamida turli eksponatlar va Muzey haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. |
O‘zbekistonlik 15 yoshli o‘quvchi – 3 karra robototexnika va IT bo‘yicha jahon chempioni 06.01.2020Texnologiyalar2003-yilning 26-noyabrida Navoiy shahrida muhandislar oilasida dunyoga kelgan o‘g‘longa ota-onasi orzu-havas bilan Suhrob deya ism qo‘ydi. Bolakay oilaning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgani bois unga yaxshi ta’lim-tarbiya bera boshlashdi. O‘g‘il bola bo‘lgani uchun ham Suhrob bolaligidan singan o‘yinchoqlarini o‘zi tuzatishga urindi. Boladagi qobiliyatni payqagan ota farzandiga yanada kengroq imkoniyat yaratib berdi. Farzandiga internetdan qanday foydalanishni o‘rgatib, qurish va yasash bo‘yicha videoroliklar ko‘rishni tavsiya qildi. Onasi shifokor bo‘lgani bois farzandiga kompyuterdan to‘g‘ri foydalanish tartiblarini o‘rgatdi. Shu bilan birga Suhrob 4 tilni, ya’ni o‘zbek, rus, ingliz va koreys tillarida mukammal suhbatlashishni o‘rgana boshladi. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy-texnik axborot markazi tashkil etildi 30.12.2019FanJoriy yilning dekabr oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilmiy-texnik axborot markazi oʻz faoliyatini boshladi. |
Ko‘z mikrojarrohligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona O‘quv simulyatsion markazi rasman ochildi 26.12.2019Innovatsiya25-dekabr kuni Koʻz mikrojarroxligi boʻyicha Markaziy Osiyoda yagona Oʻquv simulyatsion markazning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur simulyatsion oʻquv markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi, DMC Innovatsion klinikasi, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi hamkorligida xalqaro standartlar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgpan boʻlib, u Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan startap loyihalar tanlovi natijalariga koʻra moliyalashtirildi. |
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hay’ati a’zolari tarkibi tasdiqlandi 26.12.2019JamiyatO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida" 2019-yil 24-dekabrdagi 1029-son qarori tasdiqlandi. |
25.12.2019Ta’lim 2019-yil 24-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi oʻrinbosari v. b. Sharof Rajabbayev Amiti universiteti vitse-prezidenti d-r Gurinder Singxni qabul qildi. |
24.12.2019Innovatsiya 24-dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda innovatsion gʻoyalarni va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash” mavzusida brifing oʻtkazildi. Brifingda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazirning xalqaro maslahatchisi Yerbol Suleymenov hamda boshqarma boshligʻi Jamoliddin Boboxonov yigʻilganlarga mavzu yuzasidan maʼlumotlar taqdim etdilar, tadbir ishtirokchilarining koʻplab savollariga javob berdilar. |
Ibrohim Abdurahmanov: Innovatsiya - barcha soha uchun birdek zarur 24.12.2019InnovatsiyaBugungi tezkor davr jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirish, mamlakatning munosib kelajagini barpo etish uchun bu juda muhim. |
Yaponiya bilan ilm-fan sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi 19.12.2019Fan19-dekabr kuni Tokio shahrida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Yaponiya fan va texnologiya agentligi prezidenti Michinari Xamaguchi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek ilm-fan, taʼlim sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida muzokaralar olib bordilar. |
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Dubaydagi “Future Foresight” seminar-treningida ishtirok etdi 18.12.2019InnovatsiyaBirlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va kelajak vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Future Foresight” trening-seminarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev boshchiligidagi 15 kishidan iborat delegatsiya BAAga tashrif buyurdi. |