O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni o‘tash uchun ikkinchi bosqich saralash tanlovlari bo‘lib o‘tadi

2020-07-03 | Fan

Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga va Ekspert guruhining 2020-yil 29-iyundagi 1-son yig‘ilish bayoni qaroriga muvofiq quyidagilarni ma’lum qiladi.

1-ilovada keltirilgan nomzodlar Maxsus ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishida ilmiy stajirovka dasturlarini prezentatsiya (taqdimot) ko‘rinishida himoya qilishlari uchun ikkinchi bosqich saralash tanlovlariga taklif etiladi.

Bunda, quyidagilar:

birinchidan, jahon miqyosida koronavirus pandemiyasi tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat oqibatida barcha davlat chegaralarining yopilishi munosabati bilan fors-major holatni inobatga olib, yosh olimlarni ilmiy stajirovkalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Ekspert guruhi tomonidan ilmiy stajirovka o‘tash muddatlari o‘tib ketgan nomzodlar bo‘yicha taqdimot himoyasini o‘tkazish uchun imkoniyat berildi.

Nomzodlar taqdimot himoyasi Ekspert guruhida ma’qullanlangan taqdirda nomzodni tavsiya qilgan ilmiy tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasi tomonidan yangi muddatlar belgilangan qo‘shimcha taklifnoma taqdim etilishi yuklatiladi.

Shu bilan birga, nomzodni tavsiya qilgan ilmiy tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasi tomonidan yangi muddatlar belgilangan qo‘shimcha taklifnoma taqdim etilmagan holatda ilmiy stajirovka o‘tash rad etilgan hisoblanadi.

Bundan tashqari, nomzodlar tomonidan rejalashtirilgan ilmiy stajirovkaning davomiyligi muddati saqlanib qolinishi shart.

Ikkinchidan, nomzodlar “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan “Yosh olimlar-2020” guruhiga quyidagi havola orqali kiritiladi.

Ma’lumot tariqasida, mazkur guruhda hozirgi kunda Respublikadagi 180 nafardan ortiq turli sohadagi yosh olimlar jamoasi yig‘ilgan. Mazkur gurug‘ yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etishda extiyojlarini, kelajakdagi rejalarini, taklif va tavsiyalarini o‘rganish, xorijning ilmiy tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatishda bir biriga ko‘maklashish, amaliyot almashish, taqdimot himoyasi uchun tayyorlangan prezentatsiya materiallarini ilk muhokamasini o‘tkazishi, ma’lumot (hujjat) larni to‘ldirish, hamda shu kabi dolzarb masalalarni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Respublikada koronavirus pandemiyasi (COVID-19 infektsiyasi)ning tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda nomzodlarning taqdimot himoyalari “Zoom” platformasida onlayn formatda videokonferentsiya shaklida tashkil etiladi;

nomzodlarga videokonferentsiya kirish ID-kodlari “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan “Yosh olimlar-2020” guruhi orqali Vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan ma’lum qilinadi;

nomzodlarga taqdimot himoyasini o‘tkazish uchun 5-10 daqiqa vaqt ajratiladi;

texnik sabablarga ko‘ra taqdimot himoyalarda ishtirok etmagan nomzodlar Ekspert guruhining qaroriga asosan keyingi kundagi yig‘ilishga qoldirilishi mumkin;

Ekspert guruhining taqdimot himoyalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha so‘ngi yig‘ilishigacha (yig‘ilishida) ishtirok etmagan nomzodlar guruhning qaroriga asosan rad etilishi mumkin;

nomzodlar taqdimot himoyasiga xorijiy tillarni o‘zining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan darajada bilishi va qo‘llay olishiga;

ilmiy stajirovkaning maqsad va vazifalarining dolzarbligiga hamda ilmiy yoki iqtisodiy samaradorligiga;

ilmiy stajirovkaning ilmiy-tadqiqot va/yoki oliy ta’lim muassasasining yo‘nalishlari, ehtiyojlari va talablariga mosligi yuzasidan puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda ishtirok etishlari talab qilinadi.

2-ilovada keltirilgan nomzodlar bo‘yicha mazkur Nizomning tegishli bandlariga va Ekspert guruhining qaroriga asosan ilmiy stajirovkalarga yuborish rad etilganligini bildiradi.

Qo‘shimcha tariqasida, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan geologiya sohasidagi yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qayta e’lon joylashtirish ko‘zda tutilgan. Bunda, rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2-ilovaga muvofiq nomzodlar ilgari taqdim etilgan ma’lumot (hujjat)larni yetishmayotgan va tegishli qismini yangilash zarurati tug‘ilgan taqdirda yuqori turuvchi vazirlik va idoralar ko‘zatuv xati bilan mazkur Nizom talablari asosida to‘ldirishga imkoniyat beriladi. Shuningdek, ilgari taqdim etilgan muddati o‘tib ketgan ma’lumot (hujjat)lar belgilangan tartibda taqdim etilishi shart. Tegishli tanlov e’loni bo‘yicha qo‘shimcha xabardor etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться