O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Butunjahon ijodkorlik va innovatsion faoliyat kuni muborak!

2020-04-21 | Innovatsiya

Barcha sohalardagi bilimlarni saqlash, koʻpaytirish va tarqatish yoʻli bilan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, jumladan aqliy faoliyat bilan shugʻullanadigan har qanday yoʻnalishlarda millatlararo hamkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 21-aprelni Butun jahon ijodkorlik va innovatsion faoliyat kuni deb eʼlon qilgan.

Unga koʻra, mamlakatlarning barqaror rivojlanishi kichik va oʻrta biznes tarmoqlarining innovatsiyalarga moyilligini qoʻllab-quvvatlashga bogʻliqdir. Shu bilan bir qatorda ijodiy faoliyat jamiyat iqtisodiy oʻsishi strategiyasining tarkibiy qismi sanaladi. Ommaviy tarzda tadbirkorlik, ijodiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanish barchaning, xususan yoshlar va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytiradi.

2020-yilda 21-aprel – butunjahon ijodkorlik va innovatsion faoliyat kunini pandemiya sharoitida nishonlar ekanmiz, bunday sharoitda Prezidentimiz va hukumatimiz oldimizga qoʻygan vazifalarni vaziyatdan xulosa chiqargan holda, yangi usul va yechimlardan foydalanib amalga oshirish birinchi galdagi vazifamiz boʻlib qolmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi jamoasi va Oʻzbekiston ilm-fani namoyandalari pandemiya bilan bogʻliq jarayonlarning barvaqt oldini olish, mavjud vaziyatni har tomonlama chuqur tahlil qilib, boʻlajak xavf-xatarlarni, ular bilan bogʻliq muammolarni oldindan prognoz qilinishi va ularning yechimiga aniq reja va puxta choralar bilan tayyor turibdi.

Turli innovatsion loyihalarni joriy qilish uchun oʻtkazilayotgan startap loyihalarida, respublikamizda COVID-19 koronavirusga qarshi samarali kurashish, kasallikning respublikamiz hududida tarqalishining oldini olish maqsadida eʼlon qilingan amaliy loyihalar tanlovlari pandemiyani yengib oʻtish, uning asoratlarini yengillashtirishga qaratilgan.

Oʻz navbatida 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining bosh maqsadi – inson kapitalini rivojlantirish mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etishini taʼminlashga qaratilgan. Karantin davrida oʻquvchilar va talabalar uchun masofadan dars oʻtish tizimining tashkil etilgani, olimlarimiz tadqiqotchilarimiz uchun onlayn muloqotlar, vebinarlar tashkil etilayotgani inson kapitalining rivojalanishiga davlatimiz tomonidan berilayotgan alohida eʼtibor va gʻamxoʻrlik namunasidir.

Mamlakatimizda ulkan yaratuvchilik jarayonlari oʻz shiddati va koʻlami bilan davom etmoqda. Ushbu imtihon davridan xalqimiz yana-da bilimli, tadbirkor va ijodkor boʻlib chiqishini tilayman!

 

Ibrohim Abdurahmonov

Innovatsion rivojlanish vaziri

Поделиться